Meloni va Zelenskiy Liviyadagi hujum sabab keskin tortişdi – “Bloomberg“
Italiya Boş vaziri Jorja Meloni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Liviyaning Benğozi portiga uyuştirilgan hujum yuzasidan keskin suhbatlaşdi. Bunga Ukraina Rossiya kemalariga qarşi operatsiyani ittifoqçilari bilan kelişmagani va Italiya tomonini oldindan ogohlantirmagani sabab bölgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Meloni Zelenskiydan hanuz ğazabda. Çunki Ukrainaning Liviyadagi operatsiyasi oqibatlari Italiya Boş vazirining saylovoldi kampaniyasiga ham salbiy tasir körsatmoqda. Bundan taşqari, Liviya Italiyaning yaqinida joylaşgani sababli Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşning Italiya çegaralariga yaqinlaşişi Meloni uçun siyosiy xavf tuğdirişi mumkin.
Keça, 27 noyabr kuni Italiya Taşqi işlar vaziri va Boş vazir örinbosari Antonio Tayani Zelenskiy Liviyadagi operatsiya haqida Italiya tomonini oldindan xabardor qilmagani uçun Melonidan uzr söraganini aytgan.
Tayani, şuningdek, Zelenskiyning Ukraina Benğozi portiga bergan zarbalarini xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlaştirgani haqidagi bayonoti haqiqatga mos kelmasligini bildirgan.
Avvalroq, Liviya Prezident kengaşi azosi Musa al-Kuni Benğozi portiga berilgan zarbalar uçun Kiyevni javobgar deb atagan va bunday hujumlarni nomaqbul deb baholagan. Hujum oqibatida Liviya Milliy armiyasi harbiy-dengiz kuçlarining ikki nafar harbiysi halok bölgan.
Şundan söng, Liviya Taşqi işlar vazirligi Ukrainadan portga qilingan hujumlarga aloqadorligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy izoh talab qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Liviyaning şarqidagi Benğozi dengiz bazasida Rossiya harbiy kemasiga dronlar hujum qilgani taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Hujum oqibatida “Merkuriy” korvetiga jiddiy zarar yetgan va baza hududida yonğin çiqqan.