Ukrainada tinç aholi orasidagi qurbonlar eng yuqori çöqqiga çiqdi – BMT
11-07-2025, 12:09
91 марта

Ukrainada tinç aholi orasidagi qurbonlar eng yuqori çöqqiga çiqdi – BMT
2025 yil iyun oyida Ukrainada 232 nafar tinç aholi halok bölgan, 1343 nafari yaralangan. Bir oyda halok bölgan va yaralangan tinç aholining umumiy soni 2022 yilning fevralida Rossiyaning keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri eng yuqori körsatkiçdir. Bu haqda keça, 10 iyul kuni BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoring missiyasi malum qildi.Bildirilişiça, bir yil içida zarbalar soni 10 barobar oşgan. Tinç aholiga zarba beriş mamlakatning 27 ta hududidan 17 tasida qayd etilgan. Halok bölgan va yaralangan tinç aholining katta qismi (98%) Kiyev nazorati ostidagi hududda bölgan.
Oxirgi oyda raketa va dron hujumlari soni 2024 yil iyuniga nisbatan 10 baravar köp böldi. BMT Dnepr, Kiyev va Xarkovga berilgan zarbalarga alohida etibor qaratdi.
“Iyun oyi statistikasi bu yil vaziyat yomonlaşganini tasdiqladi”, deyiladi BMT bayonotida.