Ukraina ilk bor Ozarbayjondan gaz oldi
28-07-2025, 19:45
176 марта

Ukraina ilk bor Ozarbayjondan gaz oldi
Ozarbayjon ilk bor Ukrainaga gaz yetkazib berdi. Uşbu amaliyot Transbolqon yölagi orqali amalga oşirildi. Bu haqda bugun, 28 iyul kuni “Naftogaz” boşqaruvi raisi Sergey Koretskiy malum qildi.Uning sözlariga köra, sinov yetkazib beriş yönalişi Bolgariya-Ruminiya-Ukraina çegarasi böylab ötmoqda.
“Bu hajm jihatidan kiçik bölsa-da, strategik ahamiyatga ega qadam bölib, uzoq muddatli hamkorlikka yöl oçadi”, dedi Koretskiy.
Malumot uçun, Transbolqon yölagi – bu Ukraina, Moldova, Ruminiya, Bolgariya va Turkiya hududi orqali ötuvçi magistral gaz quvuri hisoblanadi.
Qayd etiş joiz, oldinroq “Naftogaz” Ozarbayjonning davlat neft kompaniyasi SOCAR bilan gaz xaridi böyiça ilk şartnomani imzolagan.
Ukraina Energetika vaziri Svetlana Grinçukning sözlariga köra, Transbolqon gaz quvuri Ukrainaga butun dunyodan Gretsiya va Turkiyadagi terminallarga kelayotgan suyultirilgan gaz hamda Ozarbayjon gaziga yöl oçadi. U “Naftogaz” va SOCAR örtasidagi bitim ketma-ket olib borilgan say-harakatlar va muzokaralar natijasi ekanini takidladi.