Putin Trampga javob qaytardi
2-08-2025, 11:46
166 марта

Putin Trampga javob qaytardi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin keça, 1 avgust kuni belaruslik Aleksandr Lukaşenko bilan Valaam monastiriga qöşma taşrifi çoğida bir qança muhim bayonotlar berdi.Istanbuldagi Ukraina-Rossiya muzokaralarining uçinçi raundi haqida gapirar ekan, Putin, ayniqsa, tinçlikka intiliş kontekstida ularning muhimligini qayd etdi.
“Men [uçinçi bosqiç natijalarini] umuman ijobiy deb baholayman”, dedi Prezident uning insonparvarlik jihatini – yuzlab odamlarning öz vataniga qaytişini takidlab.
Putinning aytişiça, Rossiya gumanitar sabablarga köra minglab halok bölgan ukrainalik askarlarning jasadlarini topşirgan va buning evaziga “bir neça önlab yigitlarniki”ni qabul qilgan.
Şuningdek, Rossiya yetakçisi AQŞ Prezidenti Donald Trampning undan hafsalasi pir bölgani gaplariga ham izoh berdi. Putin Trampning nomini tilga olmagan bölsa ham “barça umidsizliklar haddan taşqari kutişdan kelib çiqadi”, deb takidlab, “omma oldida emas, balki xotirjam, muzokaralar jarayonining tinçligida” puxta muzokaralar olib boriş zarurligini aytdi.
Putin ötgan yilning iyun oyida Rossiya Taşqi işlar vazirligi rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuvda Rossiyaning maqsadlarini eslab, asosiy vazifa – “bu inqirozni keltirib çiqargan sabablarni yöq qiliş”ni takidladi.
Bundan taşqari, u Ukraina tomonining Rossiya va Ukraina xavfsizligini “umumiy Yevropa xavfsizligi kontekstida” körib çiqiş taklifini ijobiy baholadi. Muhim masalalar qatorida Putin gumanitar komponent – rus tilining maqomi va Ukrainada “mustaqillik va pravoslav çerkovining rivojlanişi uçun munosib şaroitlar”ni ham takidladi.
Putin qöşinlar birinçi seriyali “Oreşnik” majmuasini olganini ham elon qildi.
“Birinçi seriyali raketa qöşinlarga yetkazildi. Endi seriya işlay boşladi”, dedi u.
Prezidentning sözlariga köra, rossiyalik va belaruslik harbiy mutaxassislar tizimning bölajak pozitsiyalari uçun joylarni tanlab olgan va hozirda bu pozitsiyalarda tayyorgarlik körilmoqda.