Rossiyada yöqolgan özbekistonlik oşpaz qop kiydirilgan holda örmondan topildi
16-08-2025, 13:31
1 212 марта
Rossiyada yöqolgan özbekistonlik oşpaz qop kiydirilgan holda örmondan topildiSankt-Peterburgning Lisiy Nos örmonidan piçoq jarohatlari bilan, boşiga qop kiydirilgan holda özbekistonlik erkak topildi. Bu haqda “Dorojniy inspektor” Telegram-kanali xabar berdi.
Malumotlarga köra, jabrlanuvçi işdan keyin dökonga kirgan vaqtda nomalum şaxslar uning boşiga qop kiyib, olib qoçişgan. Biroz vaqt ötib, u qarindoşlariga qönğiroq qilib, hujum qilganlar undan 55 ming rubl talab qilayotganini aytgan.
Jabrlanuvçi aytişiça, nomalum şaxslar uni örmonga olib borib, bir neça marta piçoq bilan jarohat yetkazişgan va taşlab ketişgan. Hujumçilar qonga belangan piçoqni ham uning yonida qoldirgan.
Örmonda qonga belanib yotgan erkakni körgan aholi tez yordam çaqirgan va u şifoxonaga yetkazilgan.Malum bölişiça, jabrlanuvçi 1997 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi hisoblanadi. Hodisa yuzasidan tafsilotlar tergov jarayonida aniqlanmoqda.