Turkiya transport vaziri tezlikni meyordan oşirgani uçun jarima töladi
26-08-2025, 20:07
297 марта

Turkiya transport vaziri Abdulqodir Örolöğli transport vositasini boşqarayotganida tezlikni meyordan oşirdi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, öz ixtiyori bilan politsiyaga murojaat qilib, jarima tölaganini aytdi.
Dastlab Örolöğli X ijtimoiy tarmoğida Anqara-Niğde trassasi böylab safarining videosinielon qildi, unda avtomobil tezligi 225 km/soatga yetgani körinadi. Qonun böyiça trassada belgilangan tezlik çeklovi 140 km/soatni taşkil qiladi.
Videolavha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, yöl harakati xavfsizligi uçun masul bölgan amaldorning bunday xatti-harakati köplab tanqidlarga sabab böldi.