Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum qildi: 14 kişi halok böldi, Yevroittifoq vakolatxonasi jiddiy zarar kördi




Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu hujumda bir bola ham halok bölganini aytdi. «AQŞ prezidenti Donald Tramp uruşni tugatiş uçun diplomatiya yölidan yurgan bir paytda bu hujum Rossiyaning diplomatiyaga bergan javobini körsatdi», dedi u.
«Rossiya muzokara stolining örniga ballistikani tanlamoqda. U uruşni tugatiş örniga odam öldirişni davom ettirişni tanlamoqda», - dedi Zelenskiy Rossiyaga qarşi yangi sanktsiyalar joriy etişga çaqirarkan.
Kiyev prokuraturasi keltirgan sönggi malumotlarga köra, 14 kişi, jumladan, uç nafar voyaga yetmaganlarning halok bölgani tasdiqlandi. Harbiy mamuriyat malumotiga köra, jarohatlanganlar soni 48 nafarga yetdi.
Qutqaruv işlari davom etar ekan, favqulodda xizmatlar yonğinlarni öçirib, vayron bölgan binolarning xarobalarini titkilab çiqmoqda.

Reutersning yozişiça, Kiyevda havo hujumi ogohlantirişi töqqiz soatdan ortiq davom etdi. Portlaşlar tungi osmonni yoritib yubordi, dronlarning ğuvillaşi ostida osmonni tutun qopladi.
Ukraina havo kuçlari malum qilişiça, Rossiya mamlakat böylab hujum çoğida uçirgan 598 dronning 563 tasi va 31 ta raketaning 26 tasi urib tuşirilgan. Şunga qaramay, 13 ta joyda zarbalar qayd etilgan, 26 ta joyga dron va raketa parçalari tuşgan.
«Rossiya hujumlarining uslubi, afsuski, öziga xos. Turli yönalişlardan birlaştirilgan zarbalar. Va muntazam ravişda oddiy turar joy binolarini nişonga oliş», - deb yozdi Kiyev harbiy mamuriyati rahbari Timur Tkaçenko.