Kim Çen In Xitoyga qizi bilan taşrif buyurdi
3-09-2025, 09:59
87 марта

Kim Çen In Xitoyga qizi bilan taşrif buyurdi
Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 2-sentyabr kuni zirhli poyezdda Pekinga taşrif buyurdi. U qizil gilam ustida kutib olingan paytda, uning ortidan jilmayib kelayotgan qora libosdagi yoş qizaloq köpçilik etiborini tortdi. Taxminlarga köra, bu — Kimning sirli qizi Kim Ju Aye. Bu haqda CNN xabar berdi.Bu — Ju Ayening ilk xalqaro taşrifi bölib, Xitoy prezidenti Si Tszinpin mezbonlik qilayotgan harbiy paradda iştirok etişi kutilgan edi. Biroq u 3-sentyabr kuni ötgan parad çoğida körinmagan. Kim Ju Aye ilk bor 2022-yilda, otasi bilan birga ballistik raketa sinovida qatnaşgan paytda jamoatçilikka taniştirilgandi. Şundan beri u bir neça bor harbiy tadbirlarda köriniş bergan, jumladan, Pxenyandagi paradda IBM raketalarini kuzatgani aks etgan suratlar tarqalgan.

Analitiklarga köra, qizning bu tadbirlarda iştiroki — Kimlar sulolasi va Şimoliy Koreya harbiy kuçlari örtasidagi uzviy boğliqlikni namoyiş etiş maqsadida amalga oşirilmoqda. Ayrim ekspertlar, uni erta yoşdan sahnaga olib çiqiş — bölajak rahbar sifatida tayyorlanayotganidan darak berişini aytmoqda. Biroq hamma ham bu fikrga qöşilmaydi. Ayrimlar buning ortida faqat Kim Çen Inning “oilaparvar” imijini yaratişga qaratilgan pr bor, deb hisoblaydi.
Malumot örnida, KXDR avtoritar boşqaruv ostida otadan öğilga ötib kelayotgan davlat. Kim Ir Sendan boşlangan bu sulola hokimiyati hozirda Kim Çen In qölida.