Avstraliyada uç kişini qöziqorin yordamida öldirgan ayol umrbodga qamaldi
8-09-2025, 10:58
251 марта

Avstraliyada uç kişini qöziqorin yordamida öldirgan ayol umrbodga qamaldi
Xezerning turmuş örtoği Ian Uilkinson esa bu hodisadan tirik qolgan yagona mehmon bölgan. U ham oğir zaharlanişga uçragan. Qurbonlar oğir oşqozon-içak kasalliklariga çalinib, köp azolari işdan çiqqanidan keyin kasalxonada vafot etgan.
Simon Patterson sudda ajraşgan xotini qilgan jinoyatlari ularning ikki farzandi — 2009 yilda tuğilgan öğli va 2014 yilda tuğilgan qizini onasi bilan “har bir bola orzu qiladigan munosabat”dan mahrum qilganini aytgan. Ayblov va himoya taraflari Pattersonning jinoyatlari uçun umrbod qamoq jazosi tayinlanişi kerakligini tan olgan. Sudya Kristofer Beale bu jinoyatlarni “vahşiyona” deb atagan. Prokurorlar unga şartli ozodlik huquqini bermaslikni söragan, himoya tomoni esa ozodlikka çiqiş imkoniyati bölişi kerakligini takidlagan.
Patterson allaqaçon 676 kun qamoqda ötirgan. U 2056 yil 82 yoşida, şartli ravişda ozodlikka çiqiş uçun ariza beriş huquqiga ega böladi. Şu bilan birga, 6-oktyabrgaça hukm yoki jazo ustidan şikoyat qiliş imkoniyati bor.Patterson sudda barça ayblovlarni rad etib, voqeani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atagan. Biroq sudya Beale unga murojaat qilib: “Bu jinoyatlarni nima uçun sodir etganingni faqat özing bilasan”, degan. Sud jarayoni Avstraliya tarixida ilk bor televideniyeda jonli efirga uzatildi, yani hukm 10 soniyalik keçikiş bilan töliq namoyiş qilindi.