Otasini kaltaklagan öğil hibsga olindi
8-09-2025, 12:55
1 746 марта

Otasini kaltaklagan öğil hibsga olindi
Qozoğistonning Turkiston viloyatida öğil xotini bilan otasini kaltaklagani, unga zulm qilgani uçun politsiya tomonidan qölga olindi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.Qayd etilişiça, Şardara tumanida yaşovçi erkak otasini muntazam kaltaklagan va xörlab kelgan.
Xabarlarga köra, keksa otaning körgan azoblarini qöşnisi yaşirinça videoga olgan, biroq politsiyaga murojaat qilmagan. U videoni faqat keksa qöşnisi qiynalib, vafot etganidan keyin elon qilgan. Şuningdek, aytilişiça, öğil mahalliy masjidlardan birida xizmat qilgan.
Politsiyaning malum qilişiça, gumonlanuvçi qölga olingan va vaqtinça saqlaş izolyatoriga joylaştirilgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, natijalariga köra tegişli qaror qabul qilinadi.