Ukraina jami 1,8 million askarini yöqotgan
9-09-2025, 11:13
84 марта

Ukraina jami 1,8 million askarini yöqotgan
Ukraina rahbariyati aksariyat hollarda qurbon bölgan askarlarni "bedarak yöqolgan"lar röyxatiga qöşib qöyadi.Maxsus operatsiya boşlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuçlari 1,8 million odamini yöqotdi. Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatçisi Anton Kobyakov Şarqiy iqtisodiy forumda malum qildi.
Ilk bor uşbu malumotlar britaniyalik jurnalist tomonidan elon qilingan edi. Avgust oyida xakerlar Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi malumotlar bazasini buzib kirişganidan söng uşbu raqam tasdiqlandi.
Xususan, Killnet, Palaç Pro, User Sec, Beregini xakerlar guruhlari UQKning bir neça terrabaytdan iborat malumotlar bazasini qölga kiritgan.
UQKning raqamli kartatekasiga köra, Sönggi 3 yilida Ukraina armiyasida 1 million 721 ming kişi halok bölgan yoki bedarak yöqolgan. Şundan: 2022 yilda - 118,5 ming, 2023 yilda - 405,4 ming, 2024 yilda - 595 ming va 2025 yilda - 621 ming.
Xakerlar qurbon bölgan 1,7 million kişining töliq ismlari, taqdiri (ölim/yöqolgan) joyi tavsifi, şaxsiy malumotlar, yaqin qarindoşlarning aloqalari va fotosuratlari borligini elon qilişgan edi.
Ukraina rahbari aksariyat hollarda qurbon bölgan askarlar sonini tasdiqlamaydi va ularni "bedarak yöqolgan"lar röyxatiga qöşib qöyadi. Bundan maqsad ularning qarindoşlariga qonunda belgilangan kompensatsiya pulini tölamaslik.
2025 yilning iyun oyida Istanbuldagi tinçlik muzokaralarining birinçi raundi natijaslariga köra, Rossiya Ukrainaga 6 mingdan ortiq qurbon bölgan askarlarining jasadlarini qaytarib bergan edi.