USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya migrant bolalarning qançasini maktabga qabul qilmagani malum böldi

125 марта

Rossiya migrant bolalarning qançasini maktabga qabul qilmagani malum böldi


Rossiya maktablari migrant bolalarning 87 foizini, asosan, rus tili imtihoniga kiriş uçun hujjatlar bilan boğliq muammolar tufayli öqişga qabul qilişdan boş tortdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Naşrga köra, joriy yil apreldan avgustgaça bölgan davrda 23 ming 616 nafar voyaga yetmagan xorijliklarning ota-onalari bolalari öqişi uçun ariza topşirgan. Biroq hujjatlarning töliq töplami faqat 8223 nafar bola uçun topşirilgan. Natijada test sinovlarida 5940 nafar bola qatnaşgan, “2964 nafari uni muvaffaqiyatli yakunlagan” yoki umumiy abituriyentlar sonining 12,6 foizini taşkil etgan.


Rossiyada 2025 yil 1 apreldan boşlab maktablarga kirişda çet ellik bolalar uçun rus tilidan majburiy imtihon joriy etildi. Muvaffaqiyatli öqişga kiriş uçun savollarning 90 foiziga töğri javob beriş kerak. Aniqlik kiritilişiça, testlar har bir sinfdagi bilim darajasini hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Birinçi sinf öquvçilarining oğzaki nutqi, tuşuniş, asosiy leksik va grammatik könikmalari sinovdan ötkaziladi. Ikkinçi sinfdan boşlab öqiş va yoziş topşiriqlarga kiritiladi. Rasmiylarga köra, sinovning maqsadi bolaning joriy talim dasturlari doirasida rus tilini örganiş qobiliyatini baholaşdir.

Şu bilan birga, farzandlarini rus maktablariga bermoqçi bölgan xorijliklardan ham bir qator hujjatlar talab qilinadi. Agar ota-onaning qarindoşligi yoki uning manfaatlarini himoya qiliş huquqi bölsa, bolani röyxatga oliş mumkin. Bundan taşqari, ular butun oilaning Rossiyada bölişining qonuniyligi töğrisidagi hujjatlarni, arizaçida xavfli yuqumli kasalliklar yöqligi töğrisidagi tibbiy malumotnomani va ularning pasportlarini taqdim etişi kerak. Barça nusxalar rus tilida bölişi yoki notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga bölişi kerak. Agar hujjatlar töliq bölmasa, maktablar arizani körib çiqmasdan qaytaradi.

Avgust oyida Davlat dumasiga Rossiya maktablarida xorijliklar uçun talimning tijorat şaklini joriy etiş töğrisidagi qonun loyihasi kiritildi. Şuningdek, deputatlar rus tili imtihonidan ötiş uçun bepul urinişlar sonini çeklaşni taklif qildi. Tuşuntiriş xatida qayd etilişiça, qonun maktablarda “900 ming örin yetişmasligi” muammosini hal qilişga yordam beradi. Mualliflarning takidlaşiça, Rossiyada yaşovçi 638 mingdan ortiq voyaga etmagan migrantlarning atigi 181 ming nafari öqimoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: