Polşa AQŞdan 38 ta Abrams tankini oldi
12-09-2025, 11:07
98 марта

Polşa AQŞdan 38 ta Abrams tankini oldi
Polşa AQŞdan 38 ta Abrams M1A2 tanki va 14 ta texnik xizmat maşinasini qabul qilib oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş X tarmoğidagi sahifasida malum qildi.Unga köra, bu Polşaning zirhli qöşinlari uçun eng yirik dengiz orqali yetib kelgan partiyalardan biri bölib, yaqin orada uşbu texnikalar qöşinlar ixtiyoriga topşiriladi.
Qayd etiş joiz, 2022 yilning fevralida Polşa AQŞ bilan 250 ta Abrams M1A2 SEPv3 tankini sotib oliş böyiça kelişuvga erişgan, 2023 yil yanvarida esa qöşimça ravişda 116 ta Abrams tanki xarid qilingan.
Malumot uçun, Abrams M1A2 AQŞ işlab çiqqan asosiy jangovar tank bölib, u 120 millimetrlik silliq öq otuvçi töp bilan qurollangan. Uning oğirligi 62 tonnadan ortiq, maksimal tezligi esa soatiga 67 kilometrni taşkil etadi. Tank gaz trubinali dvigatel bilan jihozlangan va kuçli zirh hamda zamonaviy himoya tizimlariga ega. Şuningdek, Abrams M1A2 elektron boşqaruv va jang maydonini nazorat qiliş tizimlari bilan taminlangan.