USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya razvedkasi Doxadagi hujum haqida avvaldan ogohlantirgan – WSJ

89 марта

Turkiya razvedkasi Doxadagi hujum haqida avvaldan ogohlantirgan – WSJ

9 sentyabr kuni Isroil havo kuçlari Katar poytaxti Doxada HAMAS rahbarlariga qarşi havo zarbalari uyuştirdi. Bu voqea xalqaro maydonda turli bahslarga sabab böldi.


Turkiya va Misrdan ogohlantiriş


The Wall Street Journal xabar qilişiça, hujumdan bir neça hafta oldin Turkiya va Misr rasmiylari HAMAS rahbariyatini ehtiyot çoralarini kuçaytirişga çaqirgan. Turkiya Milliy razvedka taşkiloti (MİT) esa Doxadagi HAMAS delegatsiyasini Isroilning zarbasi haqida ogohlantirgan.


Turkiyaning Türkiye gazetasi MİT maxsus guruhi Isroil aviatsiyasining harakatini kuzatib borgan. Ogohlantirişdan söng HAMAS delegatsiyasi xavfsizlik çoralarini kuçaytirgani va asosiy rahbarlar tirik qolişga muvaffaq bölgani haqida yozdi.


Hujum va halok bölganlar haqida turli malumotlar


Isroilning havo zarbalari nafaqat Doxa, balki Tunis yaqinidagi gumanitar flotiliyaga (Global Samud), Suriyaning Latakiya va Tartus şaharlariga, şuningdek Livan va Falastin hududlariga ham yönaltirilgani xabar qilindi.

Doxadagi hujumda HAMASning Ğazo sektoridagi yetakçilaridan biri Xalil al-Xayyaning öğli Hammam va uning yordamçisi Jihod Labed halok bölgani aytildi. Şu bilan birga, Katar Içki işlar vazirligi bir neça kişi, jumladan xavfsizlik xizmatçisi ham halok bölganini tasdiqladi.


Biroq HAMAS, ayrim OAVlar yozayotganidek, öz delegatsiyasi rahbarlari halok bölgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ularga köra, delegatsiya azolari soğ-omon, lekin zarbada olti kişi, 

jumladan Xalil al-Xayyaning öğli halok bölgan.


Isroilning rasmiy izohlari


Isroil rasmiylari hujum natijalaridan töliq qoniqiş bildirmadi. Armiya radiosi muxbirining takidlaşiça, mamlakat xavfsizlik tizimida «hujum samaradorligi böyiça jiddiy şubhalar» mavjud.


AQŞdagi Isroil elçisi Yexiel Leyter ham Fox News telekanaliga bergan intervyusida bu borada aniq javob bermadi:

«Agar bu safar maqsadga erişa olmagan bölsak, keyingi safar erişamiz», – dedi u.


Xalqaro reaktsiya


Yevropa Ittifoqi, Kanada va Buyuk Britaniya Isroilning Doxadagi zarbasini qoraladi. AQŞ prezidenti Donald Tramp voqeani «qayğuli hodisa» deb atadi, biroq bu «tinçlikka olib kelişi mumkin» degan umidini ham bildirdi.

Katar boş vaziri şayx Mohammad bin Abdurrahmon bin Jasim Al Taniy esa Isroilni «xalqaro huquqni buziş» va «davlat terrorizmi»da aybladi hamda javob çoralari körilişini malum qildi.


Hujumning sababi


Isroil rasmiylari «Sammit olovi» deb nomlangan operatsiya Iyerusalimdagi teraktdan keyin amalga oşirilganini malum qildi. U yerda ikki nafar qurollangan şaxs odamlarga öq uzib, olti kişini öldirgan edi. Hujum uçun javobgarlikni HAMAS öz zimmasiga olgan.

Xalqaro ekspertlar uşbu voqea HAMAS va Isroil örtasidagi töqnaşuvlarni yanada kuçaytirişini taxmin qilmoqda. Şu bilan birga, Turkiya razvedkasi ogohlantirişi sababli HAMASning asosiy rahbarlari tirik qolgani voqeaning muhim jihatlaridan biri sifatida qayd etilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: