Şimoliy Koreyada xorij seriallarini tomoşa qilganlar ölimga hukm qilinadi
13-09-2025, 19:12
241 марта

Şimoliy Koreyada xorij seriallarini tomoşa qilganlar ölimga hukm qilinadi
Şimoliy Koreyada xorijiy teleşoular, jumladan, Janubiy Koreya doramalari (seriallari)ni tarqatgan fuqarolar qatl etiladi, deb xabar berdi The Guardian.Naşr BMTning inson huquqlari böyiça hisobotiga asoslanib yozişiça, KXDRda 2014 yildan buyon yangi texnologiyalar vositasida aholini kuzatiş kölami kengayib, jazo çoralari oğirlaşdi. Mamlakatda xorijiy seriallarni namoyiş etganlik uçun ölim jazosi joriy etildi. Bir neça kişiga hukm öqilgan.
BMTning inson huquqlari böyiça Şimoliy Koreyadagi vakolatxonasi rahbari Jeyms Xinanning aytişiça, mamlakatda COVID-19 pandemiyasidan keyin oddiy va siyosiy jinoyatlar uçun qatl etişlar soni oşgan.
Şu bilan birga, qamoqda saqlaş joylarida qöriqçilar tomonidan zöravonlik kamaydi. Bundan taşqari, KXDRda yangi qonunlar qabul qilinib, odil sudlovni kafolatlaşi kutilmoqda.
Biroq BMTni mamlakatdagi bolalar ahvoli köproq taşvişga solmoqda. Şimoliy koreyalik voyaga yetmaganlar kömir qazib oliş va quriliş kabi xavfli işlab çiqarişlarda, jumladan, «zarbdor brigadalar»da majburlab işlatilmoqda.