USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tolibon” AQŞga heç qanday baza berilmasligini bildirdi

128 марта

“Tolibon” AQŞga heç qanday baza berilmasligini bildirdi

Afğonistonning “Tolibon” muvaqqat hukumati AQŞga Bagram aviabazasi ustidan nazoratni qaytarib bermaydi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Zabihullo Mujohid “The Times ” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Tolibon” vakiliga köra, Qobul Vaşington bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni “özaro hurmat va umumiy manfaatlar” asosida rivojlantirişga tayyor, biroq “Afğoniston heç qaçon öz hududida begonalarning harbiy mavjudligini qabul qilmaydi”.
“Biz amerikaliklarni islomiy amirlikdan haydab çiqardik va ularning mamlakatimizda mavjud bölişiga rozi bölmaymiz. Ular ön yillar davomida bizga hujum qildi, uruş olib bordi, biz esa bu yerda heç qanday amerikaliklarning borligiga toqat qilmaymiz”, degan Mujohid.

 
Şu bilan birga, Vaşingtondagi Osiyo böyiça ekspert Maykl Kugelman “Tolibon” rahbariyati AQŞ bilan munosabatlarni normallaştirişga intilayotgani va bunga erişiş uçun ayrim yon berişlarga ham tayyor ekanini aytgandi. Biroq uning qatiy “qizil çiziqlari” bor, ulardan biri – aynan Bagram masalasi. “Tolibon” doimo va izçil tarzda öz hududida AQŞning harbiy mavjudligi bilan boğliq barça takliflarni rad etib kelmoqda. 
Malumot uçun, 2001–2021 yillarda Bagram aerodromi AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiyaning eng yirik bazasi bölgan. 2021 yilda amerikaliklar uni tark etgan, aynan öşa yilning yoz oyida esa baza “Tolibon” muvaqqat hukumatining qöliga ötgan edi. 
2021 yilning 14 aprelida AQŞning 46-prezidenti Jo Bayden Afğonistondagi operatsiyani yakunlaşni elon qilgan edi. Bu AQŞ tarixidagi eng uzoq xorijdagi harbiy kampaniya bölib, u 2001 yil oktyabrida boşlangan. Kampaniyaning eng yuqori çöqqisi paytida (2010–2013 yillarda) mamlakatda xalqaro kuçlar soni 150 mingdan oşgan edi. Asosiy AQŞ va NATO bölinmalari 2014 yilda çiqib ketgan, sönggi amerikalik askarlar esa 2021 yil sentyabr boşida Afğonistonni butunlay tark etgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: