USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Duşmanlik qilmoqçi bölganlar kuçli qarşiligimizga duç keladi” — “Tolibon” Trampga javob qaytardi

73 марта

“Duşmanlik qilmoqçi bölganlar kuçli qarşiligimizga duç keladi” — “Tolibon” Trampga javob qaytardi

AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Bagram aviabazasi Qöşma Ştatlarga qaytarilmasa, “yomon işlar” sodir bölişini aytgan edi. “Tolibon” bu tahdidga javoban Afğonistonning hatto bir qariç yeri ham berilmasligini malum qildi. Bu haqda Ariana News xabar berdi.


Bagram aerodromi 1950 yillarda qurilgan. U 1979—1989 yillardagi Sovet harbiy kampaniyasi davrida askarlarni joylaştiriş uçun muhim markazlardan biriga aylangan. 2001 yildan boşlab baza AQŞ nazorati ostiga ötgan. Amerika qöşinlari 2021 yilda Afğonistondan çiqib ketiş jarayonida Bagramni tark etgandi.

“Tolibon” armiyasi boş qömondoni Fasihuddin Fitrat aviabazani AQŞga qaytariş ehtimoliga quyidagiça munosabat bildirdi:

“Biz heç qaçon kelişuv tuzmaymiz. Afğoniston töliq mustaqil, öz xalqi tomonidan boşqariladigan va heç qanday çet el davlatiga qaram bölmagan mamlakatdir”, dedi u.

U afğonlar önlab yillar davomida öz suverenitetini taminlaş uçun kuraşgani va çet el hukmronligining heç qanday şaklini qabul qilmasligini takidladi.

“Döstlik qölini çözganlar bizning döstlarimiz bölib qolaveradi. Kuç işlatiş yoki duşmanlik qilmoqçi bölganlar esa bizning kuçli qarşiligimizga duç keladi… Ötgan 20 yillik kuraş şuni körsatdiki, çet el kuçlari çekinişga majbur böldi. Bu haqiqatni hali tuşunib yetmaganlar tez orada anglab yetadi”, deya takidladi Fitrat.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: