USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning Ğazodagi uruşni tugatiş rejasi – muhim qadam. Lekin uning yölida tösiqlar köp

175 марта
Trampning Ğazodagi uruşni tugatiş rejasi – muhim qadam. Lekin uning yölida tösiqlar köp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ğazodagi uruşni töxtatiş rejasini elon qilarkan, sodir bölayotgan voqealarni «Yaqin Şarqda abadiy tinçlik» olib kelişi mumkin bölgan tsivilizatsiya tarixidagi eng buyuk kunlardan biri deb atadi.

BBC’ ning AQŞ davlat departamentidagi muxbiri Tom Beytman Trampning Yaqin Şarq uçun tinçlik rejasi yuzasidan mulohazalarini bayon etdi.


Bu Amerika prezidentiga xos mubolağa. Ammo uning duşanba kuni Oq uyda Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşuvda bildirgan taklifi, Trampning balandparvoz bayonotlari darajasida amalga oşmasa ham, diplomatik jarayondagi muhim qadamdir.

Reja Ğazoning uruşdan keyingi kelajagi böyiça Oq uy pozitsiyasi özgarişini körsatadi va Netanyahuga Vaşington hozirgi kelişuvga rozi bölişi uçun qöllaşga uringanidan köra köproq bosim ötkazişni nazarda tutadi.

Uşbu reja amalga oşiş-oşmasligi doimiy fundamental savolga boğliq: Netanyahu ham, Hamas rahbariyati ham uruşni davom ettirişdan köra, uni hozir tugatiş foydaliroq deb hisoblaydimi?

Hamasning javobi hozirça aniq emas. Guruh vakillaridan biri bu rejani pessimistik baholagan va BBC bilan suhbatda uning şartlari falastinliklar manfaatlarini himoya qilmasligi hamda Isroilning Ğazodan çiqişi kafolatlanmasa, Hamas heç qanday taklifga rozi bölmasligini aytgan.

Netanyahu AQŞ prezidenti bilan uçraşuvda Isroil Tramp rejasining 20 ta bandini qabul qilişini, biroq uning koalitsiyasining ultraöng qismi ularning bazilarini allaqaçon rad etganini aytdi.

Reja bandlariga rozi böliş – uruşni tugatiş degani emas. Netanyahuning özi buni rad etayotgan bölsa-da, uning Isroildagi raqiblari boş vazirda kelişuvlar uning hokimiyatda qolişiga zarar yetkazadigan bölsa, ularni buziş odati borligini aytişmoqda.

Şunday ekan, Trampning taklifi AQŞ prezidenti juda qattiq xohlayotgan yutuq uçun yetarli bölişi qiyin. Rejada Isroil va Hamasning siyosiy doiralari uçun hamon tösiqlar mavjud bölib, ular oxir-oqibat kelişuvga erişişiga yöl qöymasligi mumkin.

Bundan taşqari, reja har ikki tomon ham buni qabul qilişi va keyinçalik muzokaralar davomida öz raqiblarini muvaffaqiyatsizlikda ayblaş orqali bitimni sabotaj qilişi mumkin bölgan interpretatsiya uçun yetarli joy qoldiradi.

Köp oylar davomida biz aynan şunga guvoh bölib kelmoqdamiz. Va agar stsenariy takrorlansa, Tramp mamuriyati qaysi taraf bölişi aniq – Isroil tomonida.

Tramp Netanyahuni bunga işontirmoqda. AQŞ prezidenti duşanba kuni agar Hamas bu taklifga rozi bölmaydigan bölsa, unda Isroil boş vaziri «qilinişi kerak böladigan işni qilişi uçun töliq qöllab-quvvatlanişi»ni aytdi.
Tramp öz taklifini bitim deb atagan bölsa-da, aslida bu kelgusidagi muzokaralar uçun doiraviy kelişuv yoki uning özi qaçondir aytganidek «printsiplar» töplamidir. Bu uruşni yakunlaş uçun zarur bölgan batafsil reja bölib körinmayapti.

Bu köproq Trampdan oldingi prezident Jo Bayden 2024 yil may oyida öt oçişni bosqiçma-bosqiç töxtatiş va uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişişga urinib elon qilgan hadli kelişuvga öxşaydi. Öşanda sulh tuziş va garovga olinganlarni almaşiş uçun Isroil va Hamasga sakkiz oy kerak bölgandi.

Tramp keng qamrovli tinçlik kelişuvini xohlaydi. Ammo buning uçun ulkan hajmdagi işni bajariş kerak böladi: Isroil qöşinlarini olib çiqiş liniyalarini belgilaş, garovdagilarni ozod qiliş detallari hamda buning evaziga qöyib yuboriladigan falastinlik mahbuslar röyxatini kelişib oliş, uruşdan keyingi davlat boşqaruvi şartlarini işlab çiqiş hamda boşqa köplab masalalar.

Bu masalalarning heç biri Trampning rejasida batafsil körib çiqilmagan va ularning har biri kelişuv buzilişiga sabab bölişi mumkin

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: