7 milliard dollar öğirlagan «asr firibgari» aybini tan oldi

Buyuk Britaniyada firibgarlik böyiça tarixdagi eng yirik tergovlardan biri yakunlanmoqda. Bitkoinlarni yuvişda gumon qilinayotgan 47 yoşli xitoylik ayol Çjimin Tsyan 29 sentyabr kuni London sudida öz aybini tan oldi, deb xabar berdi Euronews.
Britaniya politsiyasi undan 7 milliard dollarga yaqin rekord miqdordagi kriptovalyutani olib qöyganidan keyin ayol sud oldida javob berdi. Bu dunyodagi eng yirik musodara, deb malum qildi Skotlend-Yard.
Tsyanning aybini tan olişi Britaniya huquq-tartibot idoralari xitoylik hamkasblari bilan hamkorlikda olib borgan global pul yuviş sxemasi böyiça qariyb yetti yillik tergovning çöqqisi böldi. Ularning malumotlariga köra, Çjimin Tsyan 2014-2017 yillarda Xitoyda yirik firibgarlik kampaniyasini uyuştirib, öziga tegişli Tianjin Lantian Gerui Electronic Teçnology kompaniyasining 128 mingdan ortiq omonatçisini çuv tuşirgan. U qurbonlarga 300 foiz daromad vada qilgan va ulardan öğirlangan mablağlarni bitkoinlarga ötkazgan.
Keyin Tsyan Xitoyni tark etib, Buyuk Britaniyaga köçib ötdi va u yerda elita köçmas mulkini sotib oldi. Ötgan yili iş doirasida uning şerigi 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, Tsyanning öziga yaqin orada hukm çiqariladi.
Takidlanişiça, endi firibgar ayoldan musodara qilingan mablağlarning kelajagi haqidagi bahslar kuçaymoqda. Buyuk Britaniya musodara qilingan aktivlarni byudjet taqçilligini qoplaş uçun saqlab qolmoqçi, ammo köplab xitoylik jabrlanuvçilar esa öz pullarini qaytarişni talab qilmoqda.
Tergovning aniqlaşiça, Tsyan «mabuda» va «malika» bölişni orzu qilgan va bu haqda şaxsiy kundaligida yozgan.