Latviyada yangi xavfli narkotik aniqlandi
3-10-2025, 23:09
311 марта

Latviyada yangi xavfli narkotik aniqlandi
Latviyada inson salomatligi uçun juda xavfli bölgan yangi sintetik opioid – “spiroxlorfin” aniqlandi. Kasalliklarni oldini oliş va nazorat markazi (SPKC) uşbu modda hamda uni öz içiga olgan mahsulotlarga vaqtinçalik taqiq joriy etdi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.Politsiyaning malum qilişiça, bu modda ilk bor ötgan kuzda aniqlangan. Ammo huquq-tartibot idoralari batafsil izoh berişdan boş tortdi, faqat ötgan yil noyabr oyi oxirida bu haqda SPKCni xabardor etganini malum qildi.
Spiroxlorfin — fentanilga nisbatan ikki baravar kuçli tasir körsatadigan narkotik modda bölib, uning istemoli inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi va hatto hayot uçun xavf tuğdirişi mumkin. SPKC spiroxlorfin va uni öz içiga olgan mahsulotlarni işlab çiqariş, sotib oliş, saqlaş, taşiş, poçta orqali jönatiş va tarqatişni joriy yil yil dekabrgaça vaqtinçalik taqiqladi.