Tramp: “Isroil AQŞ taklif qilgan çekiniş rejasiga rozi böldi”
5-10-2025, 23:18
194 марта
Tramp: “Isroil AQŞ taklif qilgan çekiniş rejasiga rozi böldi”Isroil Ğazo sektoridan öz qöşinlarini olib çiqiş böyiça Donald Tramp taklif qilgan rejaga binoan birinçi liniyaga çekinişga rozi böldi. Oq uy rahbari bu haqda malum qilib, endi HAMASning javobi kutilayotganini aytdi.
“Muzokaralardan söng Isroil dastlabki çiziqqa çekinişga rozi böldi. Biz buni HAMASga körsatdik va ularga yetkazdik. Agar HAMAS ham bunga könsa, tomonlar garovga olinganlarni almaşişni boşlaydi”, dedi u.
AQŞ prezidentining sözlariga köra, Falastin qurolli guruhi uşbu taklifga rozilik bildirsa, öt oçişni töxtatiş rejimi darhol kuçga kiradi. Şundan söng garovga olinganlar hamda mahbuslarni almaşiş boşlanadi.
Ğazo sektori vayronalari
“Biz keyingi çekiniş bosqiçiga tayyorgarlik şaroitini yaratamiz, bu bizni 3 000 YILLIKFOJIANING yakuniga yaqinlaştiradi”, deya qöşimça qilgan Donald Tramp.
Trampning Ğazo sektori böyiça tinçlik rejasi
2023-yilning 7 oktyabr voqealaridan söng boşlangan mojaroni yakunlaş böyiça bir neça bor muvaffaqiyatsiz urinişlar böldi. Isroilning anklavga hujumlari natijasida qariyb 70 ming nafar falastinlik olamdan köz yumdi. Ammo bu tasdiqlangan raqamlar bölib, qurbonlarning asl kölami bundan ança yuqori bölişi mumkin.
Biroq deyarli ikki yil olib borilgan qonli amaliyotlarga qaramay, Isroil HAMASni yöq qiliş maqsadiga erişa olmadi. Şundan söng joriy yilning 29 sentyabr kuni Donald Tramp mojaroni yakunlaş böyiça 20 bandlik tinçlik rejasini taqdim etdi. Unga binoan HAMAS qurollarini topşiradi, Ğazoni boşqariş xalqaro kuçlar zimmasiga yuklanadi. Isroil esa anklavdan öz qöşinlarini bir neça bosqiçda olib çiqib ketadi.
HAMAS Oq uyning takliflarini ijobiy baholab, asosiy şartlarga köndi. Biroq bazi bandlarga aniqlik kiritiş zarurligini, bu esa muzokaralarni taqozo qilişini takidladi.
Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxu HAMASga muzokaralar uçun bir neça kun berilganini, aks holda anklav böylab intensiv janglar qayta boşlanişini malum qildi. Isroil mudofaa vaziri ham uning sözlarini tasdiqlab, armiya voqealarning har qanday rivojiga tayyor ekanini takidladi.