Novosibirskda YTH oqibatida bir özbekistonlik halok böldi, ikkinçisi jarohatlandi
17-10-2025, 21:09
522 марта
Novosibirskda YTH oqibatida bir özbekistonlik halok böldi, ikkinçisi jarohatlandi Hudud Davlat avtoinspektsiyasi axborot xizmati xabariga köra, voqea mahalliy vaqt bilan yarim tunda, soat 1:20 atrofida Orda rayonida sodir bölgan.
DAF haydovçisi, 42 yoşli özbekistonlik olingan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Volvo haydovçisi – 55 yoşli özbekistonlik esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatlari aks etgan video tarqaldi. Video muallifi özbek tilida gapirib, DAF ortidan kelayotganida fojiali voqeaga guvoh bölganini aytadi va avariyaga uçragan yuk maşinalarini körsatadi – videoda 85 (85, Navoiy viloyati) 40 (Volvo, Farğona viloyati) bilan boşlangan davlat raqamlarini köriş mumkin.
Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi Podrobno.uz naşri söroviga javoban, yuk maşinalari haydovçilari özbekistonliklar bölganini tasdiqlagan.