Rossiya Trampning çaqiriğiga qarşi çiqdi
22-10-2025, 12:15
456 марта

Rossiya Trampning çaqiriğiga qarşi çiqdi
Ukrainaga darhol öt oçişni töxtatişga çaqiriqlar AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin örtasidagi Alyaskada bölib ötgan uçraşuvda erişilgan kelişuvlarga zid keladi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Efiopiya TIV rahbari Gideon Timoteos bilan birgalikda ötkazgan matbuot anjumanida malum qildi.Lavrovga köra, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning “evropalik homiy va xöjayinlari” AQŞni öz pozitsiyasini özgartirişga va “uzoq muddatli kelişuvga erişişga” intilmaslikka undamoqda. Uning takidlaşiça, bu yondaşuv Alyaskadagi uçraşuv çoğida Tramp va Putin “mojaroga sabab bölgan omillarni muhokama qiliş” borasida kelişib olgan nuqtai nazariga butunlay zid.
“Tramp tomonidan hozir şunday fikr yangramoqda: darhol töxtaş kerak, boşqa heç narsani muhokama qiliş şart emas, töxtaymiz va keyin tarix baho beradi. Agar şunçaki töxtab qolsak, bu mojaroning asl sabablarini unutiş degani. Axir Tramp hokimiyatga kelganida AQŞ mamuriyati bu sabablarni aniq tuşungandi”, degan Lavrov.