USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uruş hududlarida ayol qurbonlar köpaymoqda

101 марта

Uruş hududlarida ayol qurbonlar köpaymoqda 

Hozirgi davrda 1946 yildan buyon eng köp qurolli mojarolar kuzatilmoqda. Bu esa ayollar va qizlar uçun katta azob-uqubatlarga sabab bölmoqda. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2025 yilga möljallangan ayollar, tinçlik va xavfsizlik böyiça hisobotida keltirilgan.

Unga köra, 676 million ayol mojaro zonalaridan 50 kilometr uzoqlikda istiqomat qiladi. Bu 1990 yillardan beri eng yuqori körsatkiçdir. Ayollar va bolalar ölimi oldingi ikki yillik davrga nisbatan tört baravar köpaygan. Hisobotda, şuningdek, dunyo miqyosida ikki yil içida mojaro bilan boğliq jinsiy zöravonlik 87 foizga oşgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, ayollarning muzokaralarda iştiroki tinçlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi ilmiy jihatdan isbotlangan bölsa-da, ular hali ham qaror qabul qiliş jarayonidan deyarli çetda qolmoqda. 

2024 yilda önta tinçlik jarayonining töqqiztasida hatto bitta ham ayol muzokaraçi bölmagan. Ayollar global miqyosda muzokaraçilarning atigi 7 foizini, vositaçilarning esa 14 foizini taşkil etgan. Şuningdek, 2024 yilda jahon harbiy xarajatlari 2,7 trillion dollardan oşgan bölsa-da, mojaro zonalaridagi ayollar taşkilotlari yordamning atigi 0,4 foizini olganiga etibor qaratiladi. Şu sababli, köpçilik taşkilotlar yopiliş arafasida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: