Tramp Ğazoga boradi
24-10-2025, 11:01
84 марта

Tramp Ğazoga boradi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Ğazo sektoriga taşrif buyuriş va Yaqin Şarqdagi vaziyatni hal qilişda muhim rol öynaydigan “Tinçlik Kengaşi”ga raislik qiliş niyatini elon qildi. Bu haqda Oq uy rahbari “The Time” jurnaliga bergan intervyusida söz oçdi.“Ha, boraman. Biz “Tinçlik Kengaşi”ni tuzdik va mendan unga raislik qiliş söraldi. Işoning, bu men xohlagan narsa emas edi, lekin bu kengaş Yaqin Şarq ustidan katta vakolatga ega bölgan juda tasirli tuzilmaga aylanadi”, degan Tramp.
Uning takidlaşiça, Yaqin Şarq heç qaçon hozirgidek birlaşmagan. HAMAS esa uşbu birlaşuv içida mavjud emas va harakat faqatgina kelişuvlarga nazariy jihatdan rozi bölgan.
“Agar ular bunga qarşi çiqişga qaror qilsa va biz ularga qarşi çoralar körsak, heç kim etiroz bildirmaydi”, deya qöşimça qilgan Oq uy rahbari.9 oktyabr kuni Tramp Isroil va HAMAS harakati Ğazo sektoridagi ikki yillik qurolli mojaroni hal qiliş böyiça kelişuvga erişganini elon qildi. Bu kelişuv Tramp rejasi doirasida amalga oşirildi.
29 sentyabr kuni taqdim etilgan Trampning rejasi 20 banddan iborat bölib, garovga olinganlarni 72 soat içida ozod qiliş şarti bilan darhol sulh tuzişga çaqiradi. Hujjatda, şuningdek, HAMAS va boşqa Falastin guruhlari Ğazo sektorini boşqarişda iştirok etmasligi, nazorat Trampning özi boşçiligidagi xalqaro nazorat ostidagi texnokratik hokimiyatga ötkazilişi belgilangan. Isroil bilan kelişuvning bir qismi sifatida HAMAS harakati 2023 yil 7 oktyabrdan beri Ğazoda uşlab turilgan 20 nafar garovga olinganlar va boşqa muddatlarda garovga olingan barça mahbuslarni ozod qildi. Kelişuvga muvofiq Isroil ham 1718 mahbusni va umrbod yoki uzoq muddatli qamoq jazosini ötayotgan 250 falastinlik mahbusni ozod etdi.