Germaniya Rossiya biqinida 12 ming dona dron joylaştirmoqçi
29-10-2025, 17:06
226 марта

Germaniya Rossiya biqinida 12 ming dona dron joylaştirmoqçi
Germaniya hukumati 12 000 ta jangovar – özini qurbon qiluvçi dron uçun uçta mudofaa kompaniyasiga jami 900 million yevro ajratmoqçi. Uşbu dronlar Germaniyaning Litvadagi brigadasiga yetkazib beriladi. Uçala kompaniya Ukrainaning Qurolli kuçlari bilan ham hamkorlik qiladi. Bu haqda vaziyatdan xabardor uç nafar manbaga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.“Bundestag qömitasi tomonidan maqullangaç, har biri 300 million yevrodan bölgan şartnomalar ikkita startap va Germaniyaning mudofaa sanoatidagi yirik – Yevropadagi eng katta qurol işlab çiqaruvçisi Rheinmetall’ga berilişi kutilmoqda”, deydi manbalar.Rheinmetall AQŞning Anduril va Isroilning UVision kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi va aynan joriy yilning sentyabr oyida özining birinçi jangovar dronini taqdim etgan. Helsing va Stark startaplari esa, asosan, pilotsiz texnologiyalarga ixtisoslaşgan.
Helsing – Yevropa mudofaa startaplari orasida eng yiriklaridan biri bölib, jalb qilingan investitsiyalar asosida uning qiymati taxminan 12 milliard yevroga baholangan. Investorlardan biri – Spotify asosçisi Daniel Ek. Ötgan yil davomida Helsing Ukrainaga 6000 ta jangovar dron yetkaziş rejalasini elon qilgan va Germaniyaning Grob Aircraft samolyot işlab çiqaruvçisini sotib olgan. Stark investorlari orasida Sequoia Capital vençur fondi va PayPal hamda Palantir hamkorlaridan biri – milliardevr investor Piter Til ham bor. Stark’ning Ukraina böylab dronlarni işlab çiqiş va sinov jamoasi ham faoliyat yuritadi.
Uşbu uç işlab çiqaruvçidan olinadigan dronlar ham Litvaga yuborilişi rejalaştirilmoqda.