Slovakiyada velosipedlarning tezligi çeklanadi
31-10-2025, 18:13
59 марта

Slovakiyada velosipedlarning tezligi çeklanadi
Slovakiya hukumatining Yöl harakati töğrisidagi yangi qonunga köra, piyodalar yölagida harakatlanayotgan yengil transport vositalarining foydalanuvçilari tezlikni soatiga 6 km tezlikdan oşirişi taqiqlandi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.Malumotlarga köra, çeklov velosipedçilar, skeyterlar, skuter va elektron skuter haydovçilariga taalluqli. Ularning barçasi piyodalar yölaklarida ruxsat etilgan tezlikda oşmasligi kerak.
Deputat Lubomir Vajni STVR televideniyesida sözlagan nutqida qonun loyihasiga oydinlik kiritib, yangi qoidalar yölovçilarning xavfsizligi uçun işlab çiqilganini bildirGAN. Uning sözlariga köra, yöllardagi halokatlarni şu yöl bilan oldini oliş mumkin.
“Skuter haydovçilari va piyodalar bilan töqnaşuvlar soni ortib borayotgani munosabati bilan uşbu qoidalar işlab çiqildi. Qaror yöllarda piyodalarning xavfsizligi uçun xizmat qiladi. Bu odamlar qöllarida spidometr bilan yurişlari kerak degani emas”, deydi deputat.