USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Rossiya va Xitoy yadro qurollarini sinayapti. Faqat, ular buni gapirmaydi» – Tramp

147 марта

«Rossiya va Xitoy yadro qurollarini sinayapti. Faqat, ular buni gapirmaydi» – Tramp

Donald Tramp – Rossiya, Xitoy va Şimoliy Koreya yadro bombalarini portlatiş orqali, yaşirin sinovlar ötkazayotganini aytdi. «Bizda dunyoni 150 marta portlatişga yetadigan yadro qurollari bor. Ular qanday işlaşini biliş uçun biz ham sinaymiz», dedi AQŞ yetakçisi. Trampga köra, Putin va Si «ob-havo haqida gapiradiganlardan» emas, balki jiddiy odamlar.

AQŞ prezidenti Donald Tramp CBS News telekanalining «60 daqiqa» dasturiga bergan intervyusida nima uçun yadro qurollarini sinovdan ötkazmoqçi ekani haqida gapirdi.

Tramp, 30 oktyabr kuni Xitoy raisi Si Jinping bilan uçraşuv oldidan «uruş departamentiga yadro qurollari sinovini boşlaşni buyurgani»ni yozgandi. Jurnalist undan nimani nazarda tutganini söradi:


«Men yadrosizlaniş haqida biror narsa qiliş kerak, deb hisoblayman. Bu masalani men aslida prezident Putin va Si bilan ham muhokama qilganman. Yadrosizlaniş — juda muhim masala. Bizda dunyoni 150 marta portlatişga yetadigan yadro qurollari bor. Rossiyada ham köp, Xitoyda esa hozirça kamroq, lekin ularda ham ança bor.

Yadro qurollari qanday işlaşini biliş uçun sinov kerak. Şuning uçun ham biz ham boşqa davlatlar singari yadro sinovlarini ötkazamiz», dedi Tramp.

Jurnalist unga Şimoliy Koreyadan boşqa davlatlar, xususan Rossiya va Xitoy yadro qurolini portlatib sinov qilmayotganini aytdi. Trampga köra, unday emas:

«Rossiya sinov ötkazyapti, Xitoy ham. Ular bu haqida gapirmaydi, xolos. Biz esa oçiq jamiyatmiz. Bizda jurnalistlar bor, ular bu haqida yozadi. Ular esa yöq. Şuning uçun biz bu haqida oçiq gapirişimiz kerak.

Biz sinov ötkazamiz, çunki ular ham ötkazyapti. Albatta, Şimoliy Koreya sinov ötkazyapti. Pokiston ham sinov ötkazgan.

Ular sizga bu haqida aytmaydi, xolos. Dunyoda katta, sinovlar köpinça yer ostida ötkaziladi, şuning uçun hamma ularni sezmaydi. Bazan faqat ozgina silkiniş seziladi, xolos. Rossiya yaqinda «boşqa darajadagi sinovlar» ötkazişini aytib, bizga biroz tahdid qildi.

Rossiya sinov ötkazyapti, Xitoy ham ötkazyapti — biz ham şunday qilamiz. Axir bu mantiqan töğri-ku? Siz yadro qurol yasaysiz, lekin uni sinovdan ötkazmasangiz, qanday qilib u işlaşini bilasiz? Albatta sinov ötkaziş kerak», dedi AQŞ yetakçisi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: