USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Ğazo uçun 2 yillik xalqaro kuç mandatini talab qilmoqçi

61 марта

AQŞ Ğazo uçun 2 yillik xalqaro kuç mandatini talab qilmoqçi 

AQŞ BMTda Ğazo sektorida ikki yillik ötiş davri boşqaruv organi va xalqaro barqarorlaştiriş kuçlarini taşkil etişni maqullaş haqidagi rezolyutsiya loyihasini tayyorladi. Bu haqda keça, 4 noyabr kuni hujjat matniga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Diplomatlarning aytişiça, hozirça loyiha rasman Xavfsizlik Kengaşiga (15 azo davlat) taqdim etilmagan, lekin ayrim mamlakatlar bilan muhokamalar boşlangan. Vaşington hujjatni qaysi paytda rasman kiritişni rejalaştirayotgani hozirça nomalum.
AQŞ Davlat departamenti vakili “Prezident Donald Trampning Ğazo rejasini amalga oşiriş böyiça BMT Xavfsizlik Kengaşi azolari va boşqa hamkorlar bilan muzokaralar davom etmoqda” deb bayonot berdi va “göyo siznib çiqqan hujjatlar” haqida izoh berişdan boş tortdi.

Ikki sahifalik hujjatda “Tinçlik Kengaşi” (Board of Peace) deb atalgan ötiş boşqaruv organi tuzilişi va Xalqaro Barqarorlaştiriş Kuçlari (ISF) joylaştirilişi közda tutilgan. Uşbu kuçlar “barça zarur çoralarni köriş” vakolatiga ega böladi – bu ibora harbiy kuç işlatiş imkonini anglatadi.
ISF'ning vazifalari quyidagilarni öz içiga oladi:
  • tinç aholini va gumanitar yordam operatsiyalarini himoya qiliş;
  • Isroil va Misr bilan çegara xavfsizligini taminlaş;
  • yangi tayyorlangan va tekşiruvdan ötgan falastinlik politsiya kuçlari bilan hamkorlik qiliş hamda ularni öqitiş va qöllab-quvvatlaş.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: