Dunyoda mol göşti narxi rekord örnatdi
6-11-2025, 18:22
487 марта

Dunyoda mol göşti narxi rekord örnatdi
Dunyoda mol göşti narxi tarixiy çöqqiga çiqib, birinçi marta bir kilogramm uçun 7 dollardan oşdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.Malumotlarga köra, mol göşti narxi beş oydan buyon ösib bormoqda. Oktyabr oyida narx sentyabrga nisbatan 3 foizga, 2024 yilning şu davriga nisbatan esa 17 foizga oşgan. Natijada bir kilo göştning narxi 7,1 dollarga yetib, 1960 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori körsatkiçni qayd etgan.
Mutaxassislar bu holatni sut sanoatidagi raqobat bilan izohlamoqda. Sut mahsulotlari narxining oşişi göşt yetiştiriş uçun boqiladigan qoramollar soni kamayişiga olib kelgan. AQŞda mol göşti importiga bölgan talabning oşgani ham narxga tasir körsatgan. Dunyoning eng yirik işlab çiqaruvçisi va istemolçisi hisoblangan AQŞ 2025 yilda öz işlab çiqariş hajmining kamayişiga duç keldi.
AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi prognozlariga köra, 2025 yilda mol göşti işlab çiqariş 12,2 million tonna, eksport esa 1,2 million tonnani taşkil etadi. Bu 2024 yilga nisbatan mos ravişda 1 va 11 foizga kam. Asosiy sabab — içki bozorda ozuqa tanqisligidir.
Bundan taşqari, bu yil Yevropa Ittifoqida (−1 foiz) va Argentinada (−3 foiz) ham işlab çiqarişning qisqarişi kutilmoqda. Bu hududlarda rentabellikning pastligi hamda noqulay ob-havo şaroitlari çorva sonining kamayişiga olib kelgan.