“Duşman Zaporojedagi 3 ta aholi punktini egallab oldi” — Ukraina armiyasi qömondoni
12-11-2025, 13:55
112 марта

“Duşman Zaporojedagi 3 ta aholi punktini egallab oldi” — Ukraina armiyasi qömondoni
Ukraina armiyasi boş qömondoni Aleksandr Sirskiy frontdagi vaziyat oğirlaşgani, Rossiya Zaporojedagi uçta aholi punktini egallab olganini aytdi.“Duşman hozir Pokrovskiy yönalişida faol harakat qilmoqda. Bugun janglarning taxminan 40 foizi aynan şu hududga töğri keldi. Duşman u yerda barqaror ravişda katta yöqotişlarga duç kelmoqda”, dedi Sirskiy.Ukraina bölinmalari murakkab şaroitlarda aksariyat yönalişlarda hujumlarni qaytarmoqda va malum uçastkalarda qidiruv-zarba harakatlarini davom ettirmoqda. Xususan, Ukraina armiyasi boş qömondoni Kupyansk va Severskhududlarini qayd etdi.
Sirskiyning sözlariga köra, Rossiya qöşinlari Zaporoje viloyatida faollikni oşirgan. Ular ukrain harbiylari pozitsiyalari orasiga kirib boriş uçun ob-havo şaroitidan — quyuq tumandan foydalanmoqda.
Aleksandrovsk va Gulyayepol yönalişlarida vaziyat sezilarli darajada yomonlaşgan.
“Duşman kuç va vositalar böyiça ustunlikdan foydalanib, şiddatli janglar davomida oldinga siljidi va uçta aholi punktini egalladi. ‘Janub’ qöşinlari gruppirovkasi jangçilari Rovnopole va Yablokovo uçun oğir janglar olib bormoqda. Tegişli qöllab-quvvatlaş çoralari körilmoqda. Aralaş öt oçiş orqali tajovuzkorga katta yöqotişlar yetkazildi”, dedi Sirskiy.General Ukraina yerining har bir metri uçun yuzlab harbiylar qurbon bölayotganini takidladi. Sönggi uç sutka içida Rossiya 800 ga yaqin askarini va 100 dan ortiq harbiy texnikasini yöqotgan.
“Umuman olganda, biz mahalliy uzoq masofaga zarba beruvçi qurollar — ‘Neptun’, ‘Flamingö raketalari, şuningdek, reaktiv dronlardan foydalaniş samaradorligini oşirmoqdamiz. Bu duşmanning joniga tegadi”, deya xulosa qildi Sirskiy.