AQŞda Özbekiston fuqarosi terrorizmda gumonlanib uşlandi
18-11-2025, 10:14
273 марта
AQŞda Özbekiston fuqarosi terrorizmda gumonlanib uşlandiAQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) Özbekistondan kelgan 31 yoşli muhojir Ahror Bozorovni terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Bozorov 2022-yilda terrorçilik taşkilotga aloqadorligi uçun Özbekistonda qidiruvga berilgan. Mamlakat rasmiylari uni internetda jihodga çaqiruvçi terrorçilik tarğibotini tarqatişda va odamlarni jihodçilik harakatiga jalb qilişda ayblamoqda.
ICE xodimlari Bozorovni 9 noyabr kuni Kanzas ştatida trak haydovçisi bölib işlayotganida hibsga olgan. Erkak 2023 yil fevral oyida AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötgan.
Çegara patruli uni mamlakatga kirmoqçi bölganida qölga olgan, biroq keyinroq qöyib yuborgan.
Şundan söng u AQŞda işlaş uçun ruxsatnoma va tijoriy haydovçilik guvohnomasini olgan. Bozorovning haydovçilik guvohnomasida u Filadelfiya şimoli-şarqidagi Somerton hududida yaşagani körsatilgan.
AQŞ trak haydovçilariga viza berişni töxtatdi
Avgust oyida AQŞ davlat kotibi Marko Rubio xorijiy trak haydovçilari uçun işçi vizalar berişni darhol töxtatiş haqida elon qildi.
Uning aytişiça, katta yuk avtomobillarini boşqarayotgan çet ellik haydovçilar sonining köpayişi amerikaliklarning hayotiga xavf tuğdirmoqda va mahalliy yuk maşinasi haydovçilarining daromadlarini kamaytirmoqda.
Davlat kotibi bu bayonotni Florida ştatida çet ellik haydovçi sodir etgan yirik yöl-transport hodisasidan söng berdi.
Hodisa tafsilotlariga köra, Hindistondan bölgan 28 yoşli noqonuniy migrant tirband şosseda boşqarayotgan yuk maşinasi bilan yöl harakati qoidalarini buzgan. Öşa paytda katta tezlikda kelayotgan qora miniven uning tirkamasiga urilgan va maşinadagi uç kişi halok bölgan.
Haydovçi hibsga olingan. Söroq paytida u ingliz tilidagi 12 savoldan atigi ikkitasiga javob bera olgan va körsatilgan törtta yöl belgisidan faqat bittasini tanigan.