AQŞ va Rossiya asirlar almaşinuvini muhokama qildi
19-11-2025, 10:58
97 марта

AQŞ va Rossiya asirlar almaşinuvini muhokama qildi
Rossiya va AQŞ navbatdagi asirlar almaşinuvini ötkaziş haqida muhokama ötkazdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Putinning maxsus vakili Kiril Dmitriyev 18 noyabr kuni elon qilingan Axios naşriga bergan intervyusida malum qildi.Malum bölişiça, Dmitriyev AQŞ rasmiylari va Donald Tramp mamuriyati azolari bilan gumanitar xususiyatga ega bölgan ayrim masalalar, jumladan, Vaşington ustida işlayotgan ehtimoliy asirlar almaşinuvi borasida uçraşgan.
AQŞ rasmiy vakili ham Dmitriyevning bu bayonotini tasdiqlagan, xususan Amerika tomoni almaşinuvga tayyor ekanligini bildirgan. Ammo Axios’ga köra, yaqin orada heç qanday kelişuv kutilmayapti. Axios’ning manbalarga tayanib xabar berişiça, Kiril Dmitriyev sönggi almaşinuv ğoyasini AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkof va mamuriyatning boşqa rasmiylari bilan muhokama qilgan.
Moskva Vaşington bilan yangi mahbuslar almaşinuvi xayrixohlik körsatişiga va mamlakatlar örtasida yanada köproq işonç tuğdirişiga umid qilmoqda. Biroq, Dmitriyev ham, AQŞ rasmiysi ham bu safargi almaşinuvda qaysi mahbuslar qaytarilişini oçiqlamayapti. Oq uy bu xabarga izoh berişdan boş tortmoqda.