USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyaning neft-gaz daromadlari noyabrda 35 foizga qisqaradi — Reuters

156 марта
Rossiyaning neft-gaz daromadlari noyabrda 35 foizga qisqaradi — Reuters

Reuters agentligi hisob-kitoblariga köra, noyabr oyida Rossiya byudjeti neft va gaz sotişdan 520 mlrd rubl miqdorida daromad oladi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 35 foizga kam.
Foto: picture alliance
Reuters agentligi 24 noyabr, duşanba kuni öz hisob-kitoblariga tayanib xabar berişiça, neft narxining arzonlaşişi va milliy valyuta mustahkamlanişi fonida, noyabr yakunlariga köra, Rossiyaning neft va gaz sotişdan tuşadigan daromadlari yillik hisobda taxminan 35 foizga kamayib, 520 mlrd rublni taşkil qilişi mumkin.

Oktyabr oyi bilan taqqoslaganda, noyabr oyidagi daromad, foyda soliği tölovlarini hisobga olmagan holda, 7,4 foizga pasayişi kutilmoqda. Yanvardan noyabrgaça bölgan davr mobaynida Rossiya byudjeti neft-gaz daromadlaridan 8 trln rubl olişi prognoz qilinmoqda — bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 22 foizga kam.
Neft-gaz daromadlarining pasayişining asosiy sabablari sifatida agentlik neft narxining tuşişi va rublning mustahkamlanişini qayd etadi. Reuters hisoblaşiça, yanvardan noyabrgaça soliqlar hisob-kitobi uçun olinadigan Rossiya neftining narxi bir barrel uçun 57,3 dollargaça tuşgan, 2024 yilda esa bu körsatkiç 68,3 dollarni taşkil etgan. Şu davr mobaynida rubl kursi bir dollar uçun 91,7 rubldan 81,1 rublgaça mustahkamlangan.

Rossiya neftiga bölgan talab va uning narxi AQŞ prezidenti Donald Tramp mamuriyati tomonidan «Rosneft» va «Lukoyl» kabi neft kompaniyalariga nisbatan joriy yil oktyabr oyi oxirida qöşimça sanktsiyalar joriy etilganidan söng sezilarli darajada pasaya boşladi.
Neft-gaz daromadlari Kreml uçun moliya manbalarida eng muhim yönalişlardan biri bölib, federal byudjet tuşumlarining çorak qismini taminlaydi, deya takidlaydi Reuters. Ularning qisqarişi bir neça oydan beri qayd etilmoqda.

Oktyabr oyi yakunlariga köra, daromadlar 2024 yilning şu davriga nisbatan 26,6 foizga kamaygan, sentyabr yakunlariga köra esa — 32 foizga. 2025 yil uçun Moliya vazirligi neft va gaz sotişdan 10,94 trln rubl daromad olişni rejalaştirgan edi, biroq neft narxlarining pasayişi fonida oktyabr oyida bu prognoz 8,65 trln rublgaça qayta körib çiqildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: