Boyqönğirda avariya: Rossiya 60 yilda ilk bor kosmosga odamlarni yuboriş imkoniyatini yöqotdi
28-11-2025, 11:03
98 марта

Boyqönğirda avariya: Rossiya 60 yilda ilk bor kosmosga odamlarni yuboriş imkoniyatini yöqotdi
Qozoğistonning Boyqönğir kosmodromida 27 noyabr kuni avariya yuz berdi. Hodisa Rossiya uç nafar astronavtni “Soyuz MS-28” kosmik kemasida Xalqaro kosmik stantsiyaga uçirgaç sodir bölgan. Bu haqda The Insider xabar berdi.Parvozdan keyingi tekşiruvda raketaning birinçi bosqiç dvigatelidan çiqqan kuçli gaz oqimi 31-maydonçadagi 6-uçiriş majmuasining bir qismini uzib ketgani aniqlangan. Gap xizmat körsatiş kabinasi haqida bormoqda. Bu start inşooti ostida joylaşgan harakatlanuvçi texnik konstruktsiya bölib, raketaning orqa qismi bilan boğliq işlar — kommunikatsiyalarni ulaş, dvigatellarni işga tuşiriş uçun pirotexnik moslamalarni örnatiş — aynan şu yerda amalga oşiriladi.
Kabinadagi iş maydonçalari ustunlar böylab porşenlar yordamida kötariladi va tuşiriladi. Uçirişdan oldin esa u yiğilib, relslar orqali maxsus joyga çetlaştiriladi. Taşqi tomondan uni metall himoya pardasi yopadi, bu parda taxminan 2000°C haroratdagi reaktiv çiqindi gaz tasiriga uçraydi.
Avariya oqibatida ekipaj azolari jarohatlanmagan, biroq start majmuasi tamirlaşga muhtoj. Şuningdek, reaktiv oqim kabel-yonilği ustunlaridan birini uzib ketgan. Hozirda Rossiyaning boşqa zaxira uçiriş maydonçalari mavjud emas, qolganlari faqat yuk taşuvçi missiyalar uçun möljallangan