USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Venesuelani ayab ötirmoqçi emas. Tramp zarba berişni buyurdi

133 марта

AQŞ Venesuelani ayab ötirmoqçi emas. Tramp zarba berişni buyurdi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar Venesuelada quruqlikdagi operatsiyani boşlaşga hozirlik körayotganini bildirdi. Bu haqda Oq uy rahbari keça, 2 dekabr kuni hukumat yiğilişida söz oçdi.

Trampga köra, endi zarbalar nafaqat dengizdan, balki quruqlikdan ham beriladi. 

“Biz endi quruqlikdan ham zarbalar bera boşlaymiz. Bu ança oson. Ular qaysi yöllardan foydalanişini bilamiz. Ular haqida hamma narsani bilamiz. Qayerda yaşaşlarini bilamiz. Yovuzlar qayerda yaşaşini bilamiz va biz juda yaqin orada boşlaymiz”, degan AQŞ yetakçisi. 

AQŞning Venesuelaga qarşi harbiy kampaniya boşlaşi haqida bir neça haftadirki gap ketmoqda. Amerika harbiy kemalari uzoq vaqt davomida Venesuela hududiy suvlari yaqinida turibdi. Vaşington buni narkokartellarga qarşi kuraşiş va AQŞga giyohvand moddalar kirib kelişini oldini oliş bilan izohlab keladi.

“Buni qilayotgan va uni bizning mamlakatimizda sotayotgan har qanday odam hujumga uçraydi”, degan Tramp. 
Joriy yilning 29 noyabr kuni Tramp Venesuela ustidagi havo makoni “töliq yopilgan” deb elon qildi, ammo tafsilotlarni keltirmadi.
21 noyabr kuni AQŞning bir neça oy davom etgan bosimi ortidan Tramp va Maduro örtasida 15 daqiqa telefon suhbat bölib ötgan. Unda Tramp Maduruga bir hafta içida mamlakatni tark etib, oilasi bilan istalgan joyga boriş böyiça ultimatum qöygan.
Xabarga köra, Maduro katta murosalarga tayyor bölgan. U agar özi va yaqinlariga töliq huquqiy amnistiya berilsa, mamlakatni tark etişga rozi bölgan. 
Tramp Maduroning aksariyat talablarini rad etgan va unga qoçiş uçun bir hafta vaqt borligini bildirgan. Ultimatum muddati 28 noyabr kuni tugagan. Maduro esa mamlakatni tark etmagan va öz lavozimida qolişda davom etmoqda. 
Avgust oyida AQŞ Maduroni hibsga olişga yordam beradigan malumot uçun 50 million dollar mukofot elon qilgan edi. Tramp uni qonuniy prezident deb tan olmaydi va saylov natijalarini soxtalaştirilgan deb hisoblaydi.
AQŞning harbiy bosimi kuçaygan bir paytda, Maduro Rossiya, Xitoy va Eronni Venesuela mudofaasini mustahkamlaşga çaqirgan. 
OAV malumotiga köra, Maduroning Vladimir Putinga yozgan xatida havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaş – Su-30 qiruvçilarini tamirlaşdan tortib radarlar va tegişli raketalarni yetkazib beriş böyiça yordam söralgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: