AQŞ va Ukraina: Tinçlikka erişiş bevosita Rossiyaga boğliq
6-12-2025, 12:21
100 марта

AQŞ va Ukraina: Tinçlikka erişiş bevosita Rossiyaga boğliq
AQŞ va Ukraina delegatsiyalari sönggi ikki kunda ikkinçi, sönggi ikki haftada oltinçi uçraşuvni ötkazdi. Tomonlar AQŞ delegatsiyasining yaqinda Rossiyaga qilgan taşrifi natijalarini va Rossiyaning harbiy agressiyasini tugatişga olib kelişi mumkin bölgan qadamlarni muhokama qildi. Bu haqda keça, 5 dekabr kuni keçqurun Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi (MXMK) kotibi Rustam Umarovning malum qildi.
Qator agentliklarning xabariga köra, uçraşuvda Ukrainaning uruşdan keyingi tiklanişi va qöşma iqtisodiy taşabbuslar ham körib çiqilgan. Umarovning aytişiça, bugun, 6 dekabr kuni tomonlar muzokaralarni davom ettiriş uçun yana yiğiladi.
Umarov uçraşuv haqida qöşimça tafsilot bermagan, ammo Ukraina uçun asosiy maqsad – davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitlik va fuqarolar xavfsizligini kafolatlovçi siyosiy yeçim ekanini tasdiqladi. Ukraina delegatsiyasida Qöşinlar Boş ştabi boşliği, general Andrey Gnatov ham iştirok etmoqda. AQŞ tomonidan esa Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va Oq uy rahbarining kuyovi Jared Kuşner muzokaralarda qatnaşmoqda.
Mayamidagi uçraşuv yakunlari böyiça Kiyev va Vaşington ehtimoliy tinçlik kelişuviga erişişdagi real siljişlar töğridan töğri Moskvaga boğliq ekanini xulosa qilgan.
“Har ikki tomon Rossiyaning deeskalatsiya va odamlar halokatiga çek qöyişni öz içiga olgan uzoq muddatli tinçlikka jiddiy harakat qilişga tayyorligi mavjud bölsagina, haqiqiy siljiş bölişi mumkinligiga rozi böldi”, deyiladi Uitkoff va AQŞ Davlat departamentining X ijtimoiy tarmoğida elon qilgan qöşma bayonotida.Mayamidagi muzokaralar 2 dekabr kuni Moskvada Vladimir Putin bilan Uitkoff va Kuşnerning deyarli beş soatlik uçraşuvidan keyin bölib ötdi. Rossiya tomoni öşanda “muqarrar yeçim yöq”, deya bayonot bergan edi.
“Axios” naşri manbasining aytganiça, amerikaliklar Putin bilan uçraşuv tafsilotlarini Ukrainaga töliq yetkazgan va kelişmovçiliklarni yumşatişga yordam beradigan yangi ğoyalarni ham taqdim etgan. Naşrning qayd etişiça, Ukraina va Rossiyaning rasmiy pozitsiyalari hozirça bir-biridan keskin farq qilsa-da, AQŞ rasmiylari hali ham eng murakkab masala – hududiy masala böyiça ham yondaşuv topiş mumkinligiga işonişadi.