Bryus Lining sirli ölimi: aslida nima sabab bölgan?
8-12-2025, 07:45
921 марта

Bryus Lining sirli ölimi: aslida nima sabab bölgan?
Har ismda bir hikmat bor!Xitoylik er-xotin Xoy Çen Li va Greys Li sanatkor edi. Ikkalasi ham Gonkong teatrida işlardi. 1940 yil örtalarida ular jamoa bilan birga AQŞ böylab uzoq muddatli ijodiy safarga otlanişdi. Öşa kezlari asl kelib çiqişi ona tomondan nemis millatiga mansub bölgan Greys xonim homiladorlik davrini boşidan keçirayotgan edi. 27 noyabr kuni San-Frantsisko şahrida közi yoridi.
«Yangi mehmon» öğil bola edi. Unga Li Syao Lun degan ism-şarif qöydilar. Baloğatga yetişi arafasida esa Li Çjen Fan deb atay boşladilar. Bu yigitça keyinçalik butun dunyoga XX asr faylasuflaridan biri, afsonaviy kinoaktyor va kaskadyor, rejissyor, stsenariynavis, prodyuser, xitoy jang sanati ustasi va islohotçisi, sahnalaştiruvçisi va ommalaştiruvçisi sifatida tanildi. Şuning barobarida Bryus Li taxallusini oldi. Sababi, u Xitoy taqvimi böyiça Ajdaho yilining Ajdaho soatida, aniqroği, ertalab soat 6 bilan 8 oraliğida dunyoga kelgan edi. Bryus Li sözlari birikmasi esa «Kiçik Ajdaho» manosini anglatardi. Vaqti-soati yetib, bu taxallus sabr-toqat va omad, yaxşilik va sadoqat, mardlik va matonat, epçillik va qatiyat, ziyraklik va tinib-tinçimaslik timsoli sifatida tarix sahifalaridan örin oldi.
Bu mubolağa emas, bor gap. Bryus Liga murğakligidanoq omad kulib boqdi. Uni uç oyligida «Qizaloqning oltin darvozasi» filmida yiğloqi çaqaloq, olti yoşida «Odamzodning yaratilişi»da esa beboş norasida obrazida suratga olişdi. Ösmirlik çoğlarida zaif va beçorahol yetim yoki fel-atvori oğir, öta öjar va urişqoq köça bolasi rollarini topşirişdi. Bryus, garçi voyaga yetmagan, aktyorlik kasbining tub mohiyatini teran anglamagan bölsa-da, öziga bildirilgan işonçni oqladi. Çunki qonida noyob qobiliyat bor edi.
Bundan taşqari, u hali suyagi qotmasidanoq sportga qiziqib, kuraşning xitoyça usullari bilan şuğullana boşladi. Ösmirlik ostonasiga qadam qöyişi arafasida gonkonglik taniqli sport ustasi, şaolin maktabi murabbiyi Ip Menga şogird tuşib, uşu va kung-fu sirlarini örganişga kirişdi. Boşqa ustozlaridan ça-ça-ça raqsi, dzyudo, jiu-jist va boks saboqlarini oldi. Samarasi çakki bölmadi. 14 yoşida şaharda ça-ça-ça böyiça ötkazilgan çempionatda birinçilikni qölga kiritdi. Maktablararo boks musobaqalarida qatorasiga uç yildan buyon ğoliblik şohsupasini zabt etib kelayotgan Garri Elmsni mağlubiyatga uçratdi.
Bryus 17 yoşida Amerika fuqaroligini oliş ilinjida kindik qoni tomgan San-Frantsisko sari oşiqdi. Orzusi uşalgaç, otasining sietllik tanişi Rubi xonimga qaraşli restoranda bir muddat ofitsiant va oşpaz bölib işladi. Ayni çoğda sanatga oşno tutindi. Hatto Edison texnik maktabida öqidi. Söngra Vaşington universitetining falsafa fakulteti talabalari safiga qöşildi. 1964 yili özidan yetti yoş kiçik Linda Emiriga uylandi. Ketma-ket ikki farzand kördi. Öğliga Brendon, qiziga Şennon ismini qöydi. Şunday baxtli damlarida jang sanatiga bağişlangan teleseriallarda suratga tuşib, tomoşabinlarga tanildi. Bu bilan ham kifoyalanmay, kung-fu maktabini oçdi, yakkakuraşning jit kun-do nomli maxsus yönalişiga asos solib, şogirdlar tayyorlaşga kirişdi. Biroq bu borada işi yurişmadi. Boisi, izdoşlari tölaydigan pullar ham, aktyorligi uçun oladigan mehnat haqlari ham sport tögaraklari xarajatlarini qoplaşga va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga yetmasdi.
Albatta, Bryus maktabni saqlab qoliş çoralarini izladi. Foydasi bölmagaç, qattiq aziyat çekdi. Omadi çopmaganidan hafsalasi pir bölib, hammasidan voz keçdi. AQŞni oilasi bilan birga tark etib, Xitoyga qaytdi.
Oyning ön beşi qoronği, ön beşi yoruğ
Aynan öşa kezlari Gonkongda «Golden Harvest» nomli yangi kinostudiya oçilgandi. Bryus Li studiya direktori Raymond Çoudan «Katta boss» filmidagi boş rolni öziga topşiriş va jangovar sahnalarni namoyiş etişga ijozat berişini söradi. Iltimosi qanoatlantirilgaç, şaxt bilan işga kirişdi. Kino voqea-hodisalarini butunlay yangiça ruh va körinişda talqin qildi. Natija kutilganidan-da ziyoda böldi. Sanat va sport şaydolari etiborini qozongan yangi film studiyaga mömay daromad keltirdi. Quvonçi içiga siğmagan direktor Bryus Liga «Şiddatli muşt» va «Ajdahoning qaytişi» filmlarini ham suratga olişni topşirdi. Bu sanat asarlari ham keng jamoatçilik tomonidan iliq qarşilandi. Bryus esa kino yulduzlari safidagi örnini yanada mustahkamladi.
U ijodiy faoliyati davomida sanat va sportni uyğunlaştirişga intildi. Şunga köra, avvalo, kung-fu böyiça malakasini tinimsiz oşirib, özi tamal toşini qöygan jit kun-doni sayqallaştirib bordi. Ilk ustozi Ip Mendan örgangan vin-çun usulini ham köp va xöp qölladi, keng tarğib qildi. Turli yillarda özi yaratgan yoki boş qahramon rolini ijro etgan «Ajdahoning çiqişi», «Ajdahoning yöli», «Ajdaho bilan olişuv», «Ölim öyini» filmlari hamda «Yaşil qovoğari», «Betmen», «Longstrit» seriallarida yakka kuraş jarayonlarini mohirona aks ettirib, kung-funing çinakam ustasi sifatida namoyon böldi.
Zukko tomoşabinlar hammasidanam köra, past böyli Bryus Lining öta tez, dadil va aniq-tiniq harakatlariga qoyil qolişardi. Qalin taxtalar, pişiq ğiştlar va toş parçalarini yalanğoç qöli bilan bir urib, maydalaganida hayratdan dong qotişardi. Binobarin, u şu qadar abjir-çaqqon bölganki, hatto havoga itqitilgan guruç donasini ovqatlaniş tayoqçasi bilan tutib olişni uddalagan. Bazi kişilar özining kaftidagi tangani Bryus qançalar tez almaştirib qöyganini sezmay ham qolişgan. Rasman qayd etilişiça, u 1 metrlik masofadan zarba berişga atigi 0,05 soniya vaqt sarflagan. Bir jangda 50 nafar kuraşçini köz oçib-yumgunça yiqitgan, boşqasida 11 soniyada 15 ta zarba berib, raqibini nokautga uçratgan. Şuningdek, u bir qölining boş va körsatkiç barmoqlarini yerga qadab, birvarakayiga 50 martagaça yotib tura olgan.
Bryus Li nafsoniyatli, tartib-intizomli, öziga ğoyat talabçan va muloyim tabiatli yigit edi. Hamişa özgalar hurmatini joyiga qöyardi. Sport maşğulotlarida bajargan harakatlarini erinmay kundaligiga yozib bordi. Ularni tahlil qilib, joriy qöl jangi texnikasi va taktikasiga muayyan özgartirişlar kiritdi. Jismoniy badantarbiya maşqlari majmuini takomillaştirişga, atletika böyiça tayyorgarlik va trenajyor zalidagi maşğulotlarga ham jiddiy etibor qaratdi. Ovqatlaniş va qaddi-qomatni çiroyli körinişda saqlaşning öziga xos tartib-qoidalarini işlab çiqib, kitob holida çop ettirdi. Xitoy yakkakuraşining unutilayozgan ananalarini qayta tikladi. Qolaversa, 36 ta film yaratilişida faol qatnaşib, şarqona jang sanati Ğarbga ham yoyilişiga beqiyos hissa qöşdi.
Qiliç boşni, ajal yoşni tanlamaydi
1973 yili Bryus Li oğir dardga çalinib, yotib davolanişga majbur böldi. Şu asno yakkakuraş mavzusidagi «Engilmas muşt yöli» asarini yozib tugatdi. Şifoxonadan çiqqaç, özi yaqinda oçgan «Konkord» kinostudiyasida «Ölim bilan öynaşiş» kinofilmini suratga ola boşladi. Ammo işni oxirigaça yetkazolmadi. 20 iyul kuni tösatdan vafot etdi. Bu paytda u endigina 32 yoşni qoralagan, har tomonlama kuç-quvvatga tölib, ijodi gullab-yaşnayotgan edi.
Gonkonglik şifokorlarning takidlaşiça, Bryus Li dastlab boş oğriğiga mubtalo bölgan. Undan qutuliş uçun tarkibida aspirin va meprobamat preparatlari mavjud «Ekvadjestik» habdorisini içgan. U notöğri istemol qilingani tufayli yopiq holatdagi miya şişini keltirib çiqargan va bevaqt ölimga sababçi bölgan
Ekspertlar mayyitning miyasini yorib tekşirişdi. Lekin Bryus Li aynan habdori qurboniga aylanganini rad etişi mumkin bölgan biron-bir tahlil ötkazişmadi. Şu bois hali marhumning qabri sovimay turib, miş-mişlar bolaladi, gazeta-jurnallar va radio-televideniyeda bahs-munozaralar avjiga çiqdi. Kimdir uni ğanimlari otib öldirgani, kimdir kuçi tanasiga siğmagani haqidagi taxminni aytdi. Bryus Lining yaqin dösti Çak Norris ularga qarama-qarşi ölaroq, vraçlar taşxisini maqulladi. 1987 yili bosilgan «Içki kuçlar siri: mening keçmişim» kitobida «U tabletka içib, jon berdi» degan fikrni bildirdi.
Rossiyalik tadqiqotçi Yu.Nikolayev esa XXI asr arafasida uşbu masalaga oid ajabtovur dalilni köpçilik etiboriga havola qildi. Uning yozişiça, kunlardan bir kuni Bryus Lini öta kuçli raqiblari Okinava oroli atrofidagi yalanglikka yakkama-yakka jangga çaqirişadi. U favqulodda taklifni bajonidil qabul qiladi. Biroq maydonga bellaşuvga şay navqiron yigitlar emas, 60–70 yaşar jikkakkina otaxon kirib keladi. Bryus ajablanib, «Nima, siz men bilan olişmoqçimisiz?» deb söraydi. «Yöq, – deydi çol, – men sen haqingda ilgari köp eşitganman. Endi yuzma-yuz uçraşay, deb keldim. Qani, menga jangda özingni qanday tutişingni bir körsat-çi...»
Qariya gapini tugatgani hamono qoziqday muştçasini oldinga çözib, uning badaniga tegizadi. Keyin «Rahmat, öğlim! Sen haqiqatan buyuk karateçi ekansan!» deydi-yu, maydondan şoşilinç çiqib ketadi. Bryus esa heç narsaga tuşunolmay, turgan joyida ança vaqt angrayib qolaveradi. Bir hafta ötgaç, u Gonkongdagi uyida jonsiz holda topiladi.
Emişki, Xitoy va Yaponiya ruhoniylaridan ayrimlari zimdan ibodatxona karatesi bilan şuğullanar, beş-ön yillab özlarida allaneçuk ilohiy kuç töplar ekan. Söngra qöllarini ğanimi tanasiga nöqisa, boyagi quvvat uning vujudiga köçib ötib, asta-sekin miyasi, yuragi va jigarini işdan çiqarib, umriga zomin bölarkan. Taxminlarga köra, öşa çol ham ibodatxona karatesi sirlarini çuqur özlaştirganlar sirasidan bölişi ehtimoldan xoli emas ekan.
Şifokorlar taşxisi bilan Yu.Nikolayev mulohazasi örtasida qandaydir boğliqlik bordek. Yani ikkalasi ham boş miya xastaligiga borib taqaladi. Ehtimol, bu tasodifiy öxşaşlikdir, ehtimol, navbatdagi uydirma mahsulidir. Bu savollarga aniq javob topilmagani tufayli sevimli aktyor va sport ustasi ölimining asl sababi hozirgaça mavhumligiça qolmoqda.
Söngsöz örnida. Bryus Li oldin Gonkong qabristoniga dafn etildi. Keyin jasadi Sietlga köçirildi. Uning qabrini jang sanati havaskorlari hozir ham tez-tez ziyorat qilib turişadi. Köpçilik Bryus Li haqida olingan filmlarni berilib tomoşa qiladi, hayoti, ijodiy faoliyati va xotirasiga bağişlangan kitoblarni sevib öqiydi.
Ayni çoğda, masalaning ikkita afsuslanarli jihati ham borligidan köz yumib bölmaydi. Birinçisi – Bosniya-Gertsegovina Respublikasining Mostar şahrida Bryus Lining tinçlik ramzi sifatida örnatilgan haykali negadir buzib taşlandi. Ikkinçisi – u hayot bilan vidolaşganda zurriyoti Brendon yetti yoşli gödak edi. Ösib-ulğaygaç, ajdodlari izidan borib, aktyorlik kasbini tanladi. Ammo umri otasinikidan ham qisqa ekan, Brendon 1991 yil 31 mart kuni fojiali ravişda olamdan ötdi. Uni «Qarğa» filmi suratga olinayotganda taniqli aktyor Maykl Massi ehtiyotsizlik oqibatida otib qöydi. Şifokorlar harçand urinmasin, umurtqa poğonasi qattiq jarohatlangan 28 yoşli yigitning hayotini saqlab qolişolmadi...
A.Haydarov.