“Odamlarning ölimi uçun javobgar emasmiz. Uruşni biz boşlamadik” — Putin
19-12-2025, 21:57
532 марта

“Odamlarning ölimi uçun javobgar emasmiz. Uruşni biz boşlamadik” — Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 19 dekabr kuni oçiq muloqot ötkazdi. Muloqot davomida yangragan asosiy masalar quyidagilar:- Biz Ukrainadagi saylovlar xavfsizligini taminlaş, jumladan, heç bölmaganda mamlakat içkarisiga zarba bermaslik masalasini körib çiqişga tayyormiz. Ukrainada hokimiyat qonuniy bölişi kerak va saylovlarsiz buning iloji yöq.
- Moskva Rossiya hududida yaşovçi ukrainaliklarga mamlakat hududida ovoz beriş imkoniyati berilişini talab qiladi.
- Odamlarning ölimi uçun özimizni javobgar deb hisoblamaymiz. Lekin bu uruşni biz boşlaganimiz yöq.
- Rossiyaliklar uruşga 83 milliard rubl xayriya qilgan.
- AQŞning yangi Milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya duşman sifatida tilga olinmagan.
- NATO boş kotibi Mark Ryutte biz bilan uruşga tayyorlanmoqda.
- Biz Yevropaga hujum qilamizmi? Bu quruq safsata.
- Rossiyaning aktivlari musodara qilinsa, mamlakat özini sudlarda, siyosiy qarorlarga boğliq bölmagan yurisdiktsiyada himoya qiladi. Yevropa ertami-keçmi Rossiyadan öğirlagan aktivlarini qaytarişga majbur böladi.
- Agar Rossiya va Yevropa davlatlari kuçlarini birlaştirsa, bizning qöşma yalpi içki mahsulotimiz AQŞnikidan yuqori bölardi.
- Biz Buyuk Britaniya, Yevropa va AQŞ bilan hamkorlikka tayyormiz. Lekin teng huquqli böliş va bir-biriga hurmat bilan munosabatda böliş şarti bilan.