2026 yilda dollar yana keskin pastlaydi – OAV
23-12-2025, 09:21
150 марта

2026 yilda dollar yana keskin pastlaydi – OAV
2025 yil dollar uçun murakkab keçdi va investorlarning köpçiligi 2026 yilda AQŞ valyutasi yanada zaiflaşişini kutmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Pastlaşga global iqtisodiy ösişning tezlaşişi hamda AQŞ Federal zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalarining pasaytirilişi sabab bölişi mumkin. Markaziy banklar siyosatidagi tafovutlar ham dollarga bosim ötkazişi ehtimoli bor. Yevropa Markaziy banki esa stavkalarni hozirgi darajada saqlab qolişi kutilmoqda. Şu bilan birga, qisqa muddatda suniy intellektga bölgan qiziqiş va AQŞ iqtisodiyotining ösişi dollarning vaqtinça mustahkamlanişiga olib kelişi mumkin.
AQŞ dollari uçun yil oxiri nisbatan barqarorlaşuv belgilari bilan yakunlanmoqda, biroq aksariyat investorlar 2026 yilda u global iqtisodiy ösiş va Federal zaxira tizimining yumşoq pul-kredit siyosati fonida zaiflaşişda davom etişini prognoz qilmoqda.
Joriy yilda dollar asosiy valyutalar savatiga nisbatan 9 foizga qadrsizlandi. Bu sönggi sakkiz yildagi eng yomon natija böldi. Bunga Federal zaxira tizimi stavkalarni pasaytirişi haqidagi kutişlar, boşqa yirik valyutalar bilan foiz stavkalari farqining qisqarişi, şuningdek AQŞ byudjet tanqisligi va siyosiy beqarorlikka oid xavotirlar tasir körsatdi.
Tahlilçilarga köra, dollar boşqa yirik markaziy banklar qatiy siyosatni saqlab qolayotgani yoki uni kuçaytirayotgani, şuningdek, Federal zaxira tizimi rahbariyatida böladigan özgarişlar tufayli ham zaiflaşişda davom etadi. Yangi rahbar yanada yumşoq siyosat yuritişi kutilmoqda.
Odatda zaxira tizimi tomonidan foiz stavkalarining pasaytirilişi dollarning qadrsizlanişiga olib keladi, çunki bu AQŞ valyutasida ifodalangan aktivlarni xorijiy investorlar uçun kamroq jozibador qiladi va dollarga bölgan talabni kamaytiradi.
Sönggi oylarda biroz tiklaniş kuzatilgan bölsa-da, dollar indeksi sentyabrdagi minimumdan qariyb 2 foizga oşdi. Naşr tomonidan dekabr boşida ötkazilgan sörovga köra, tahlilçilar 2026 yilda AQŞ valyutasining yanada zaiflaşişini kutişda davom etmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblar banki malumotlariga köra, inflyatsiya hisobga olingan dollar real samarali almaşuv kursi oktyabr oyida 108,7 ni taşkil etdi. Bu yanvardagi rekord daraja 115,1 dan past.