USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskvada portlaş oqibatida ikki politsiyaçi halok böldi

387 марта
Moskvada portlaş oqibatida ikki politsiyaçi halok böldi

General Fanil Sarvarov öldirilgan joy yaqinida ikki kun ötib yöl-patrul xizmati maşinasi portladi.

Moskva şahrining Yeletskaya köçasida (Orexovo-Borisovo Yujnoye rayoni) 24 dekabrga ötar keçasi yöl-patrul xizmati avtomobili yaqinida portlaş röy berdi. Rossiya tergov qömitasi versiyasiga köra, ikki politsiyaçi xizmat avtomobili yaqinida «şubhali şaxs»ni payqab, uni qölga olişga qaror qilişgan. Ular gumonlanuvçiga yaqinlaşganida, «portlovçi qurilma harakatga keltirilgan». Mahalliy aholi vakillarining sözlariga köra, portlaş taxminan soat 01:30 da röy bergan.

Oqibatda ikki politsiyaçi olingan tan jarohatlari oqibatida halok bölgan. Ularga yaqin turgan şaxs ham vafot etgan. Kuçişlatar tuzilmalarga yaqin hisoblangan Baza va Maş telegram-kanallariga köra, uçinçi qurbon – politsiyaçilar qölbola portlovçi qurilmani örnatişda gumon qilgan şaxsdir.

Tergov qömitasi ikki modda böyiça jinoiy iş qözğatgan – huquqni muhofaza qiliş organlari xodimining hayotiga tajovuz qiliş (RF JK 317-moddasi) va portlovçi moddalarning noqonuniy aylanmasi (RF JK 222.1-moddasi, 1-qismi).
Baza malumotiga köra, halok bölgan xodimlar – 24 yoşli Ilya Klimanov va 25 yoşli Maksim Gorbunov, ularning ikkisi ham politsiya leytenanti edi. «112» manbasi yozişiça, Gorbunov uç yildan buyon içki işlar organlarida xizmat qilayotgandi, uning rafiqasi töqqiz oylik çaqaloği bilan beva qolgan. Klimanov xizmatga ikki yil oldin kirgandi.

Avvaliga telegram-kanallarda hodisa qanday röy bergani yuzasidan turliça versiyalar keltirildi. Baza portlovçi qurilma xizmat avtomobili ostiga mustahkamlangan bölgani haqida yozdi. Maş maşina içiga portlovçi qurilma solingan sumga taşlanganini xabar qildi. Şuningdek, voqea joyida portlamay qolgan yana bir qurilma topilgani aytildi.
Yakunda «112» telegram-kanali Yöl-patrul xizmati avtomobilini portlatgan şaxs firibgarlar körsatmasi böyiça harakatlanganini xabar qildi. Kanal versiyasiga köra, uni Davlat xizmatlaridagi akkaunti buzib kirilişi bahonasi bilan aldaşgan. 

Jinoyatçilar uni Ivanovo oblastidan Moskvaga kelişga va politsiya xodimlarining maşinasi ostiga portlovçi qurilma örnatişga köndirgan. Uşbu malumot rasman tasdiğini topmagan.

«Agentstvo» elon qilingan video va fotosuratlarni tahlil qilib, portlaş joyi 22 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari Boş ştabi operativ tayyorgarlik boşqarmasi boşliği – general-leytenant Fanil Sarvarov öz maşinasida portlatilgan avtoturargohdan 300 metr masofada, degan xulosaga kelgan. General ötirgan maşina portlaşi Yaseneva köçasi 12-uy yaqinidagi avtoturargohda sodir bölgandi. Portlovçi qurilma avtomobilning pastki qismi ostiga örnatilgandi. «Kommersant» xabariga köra, portlaş uçun magnitli minadan foydalanilgan. Sarvarov olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Tergov qömitasi generalning öldirilişi böyiça turli versiyalarni, jumladan, Ukraina maxsus xizmatlarining bunga aloqadorligini tekşirayotganini malum qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: