Oltin narxi rekord darajada kötarilib, 46 yillik rekord yangilandi
26-12-2025, 10:13
70 марта

Oltin narxi rekord darajada kötarilib, 46 yillik rekord yangilandi
Nyu-Yorkda oltin fyuçerslari joriy yilda qariyb 71 foizga oşdi va sönggi 46 yil içidagi eng yaxşi natija böldi. Bu haqda “Investing” xabar berdi.Sönggi bor sariq metall bunday keskin ösişni AQŞda Jimmi Karter prezidentligi davrida namoyiş etgan. Öşa paytda Yaqin Şarqda inqiroz avj olgan, inflyatsiya tez suratlarda oşgan, AQŞ esa energetika inqirozi markazida bölgan.
Bugungi kunda boj tariflari xalqaro savdoni qayta şakllantirmoqda, Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaro davom etmoqda, Isroil va Eron örtasida taranglik avj olmoqda, AQŞ esa Venesuela qirğoqlari yaqinida neft tankerlarini qölga olmoqda. Noaniqlik davrida investorlar oltin kabi himoya aktivlariga murojaat qiladi.
Oltin barqaror investitsiya sifatida qaraladi: investorlar inqiroz paytida, inflyatsiya keskin oşganda yoki valyuta kurslari pasayganda sariq metall öz qiymatini saqlab qolişiga umid qiladi.
“Global iqtisodiyotning asosiy belgisi hanuz noaniq bölib qolmoqda. Bunday şaroitda oltin diversifikatsiya uçun strategik vosita va barqarorlik manbai sifatida tobora jozibaliroq bölib bormoqda”, deydi Jahon oltin kengaşining katta bozor strategisti Jo Kavatoni.