“Ğalaba qozonişimizga işonamiz”: Putin Yangi yil tabrigida uruşga urğu berdi
1-01-2026, 12:38
224 марта

“Ğalaba qozonişimizga işonamiz”: Putin Yangi yil tabrigida uruşga urğu berdi
Putin öz nutqida Rossiya armiyasi jangçilari va qömondonlarini alohida tabriklab, ular “ona zamin, haqiqat va adolat uçun kuraşiş masuliyatini öz zimmasiga olganini” aytdi. Prezident ularni “qahramonlar” deb atab, “sözda ham, amalda ham” qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
“Sizlarga va ğalabamizga işonamiz!” dedi Rossiya rahbari.Murojaatning qolgan qismi odatiy ohangda böldi. Putin Rossiyaning “ming yillik tarixi”ni tilga olib, fuqarolarni “birdamlik”ka çaqirdi. Uning aytişiça, aynan birlik “mamlakat suvereniteti, xavfsizligi, rivoji va kelajagini belgilaydi”.
Putin RF qurolli kuçlarining uruşdagi yöqotişlarini tilga olmadi
2025 yil dekabr oyi örtalariga kelib, BBC rus xizmati va "Mediazona" jurnalistlari köngillilar iştirokida oçiq malumotlar asosida Ukrainadagi uruşda halok bölgan 155 368 nafar rossiyalik harbiyning ismini oçiqladi. Gap faqat aniqlaşga muvaffaq bölganlar haqida ketmoqda.
Ekspertlar fikriça, Rossiya armiyasining Ukrainadagi haqiqiy yöqotişlari ança yuqori. 200-300 ming kişidan ortiq raqamlar tilga olinadi. Ukraina armiyasi hisob-kitoblariga köra, 30 dekabrga kelib, keng kölamli hujum paytida Rossiyaning taxminiy yöqotişlari 1,2 milliondan ortiq askarni taşkil etgan.