Tramp Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi RF bayonotiga işonmayapti
5-01-2026, 10:15
188 марта

Prezident pulidagi jurnalistlardan biri Trampga savol berar ekan, u Ukrainaning Putin rezidentsiyasiga zarba bergani haqidagi xabarlardan “juda ğazablangani”ni esladi. “Men bu zarba berilganiga işonmayman”, — deya jurnalist sözini böldi Tramp.
Prezident nima uçun hujumdan söng darhol şunday ruhda fikr bildirgani haqidagi aniqlaştiruvçi savolga Tramp şunday javob berdi: “Çunki öşa paytda heç kim (heç narsani — tahr.) bilmasdi. Bu haqda men birinçi marta eşitgan narsa şu edi. U (Putin — tahr.) uyimga hujum qilindi, dedi. Biz malumotni tekşirganimizda bunga işonmadik, lekin öşanda bu haqda umuman birinçi bor eşitganimiz şu edi”.
Şu brifingning özida AQŞ prezidentidan Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi töxtatilişi uçun hozir qandaydir muddat (dedlayn) belgilangan-belgilanmagani haqida söraşdi. Tramp oxirgi muhlat yöqligini, biroq u mojaro tezroq yakunlanişiga umid qilişini aytdi.
Respublikaçi senator öz navbatida, uning rejasiga köra, Ukrainada tinçlik “Putinning mijozlari”ga nisbatan “bojlar tahdidi” ostida taminlanişini bildirdi. Grem oktyabrda Tramp RFning neft gigantlariga qarşi sanktsiyalar joriy etganini, ammo Moskvada hali ham “85 ta homiy” qolganini eslatdi. AQŞ siyosiy doiralarida bir neça oydan beri muhokama qilinayotgan qonun Trampga Rossiya neftini sotib oladigan mamlakatlar mahsulotlariga 500 foizgaça bojlar joriy etiş imkonini berişi kerak.
Gremning fikriça, Tramp bojlar joriy etganidan keyin Hindistonning RFdan neft xaridini kamaytirgani misoli “bu işlaydi” degan xulosani körsatadi. Tramp senator sözlariga qöşilib, Rossiya iqtisodiyoti hozir yomon ahvolda ekanini aytdi.
Ukraina göyoki Putin rezidentsiyasiga hujum qilişga uringani haqidagi RF bayonotlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞga taşrif bilan kelgan va u yerda Tramp bilan Ukraina böyiça tinçlik rejasini muhokama qilayotgan paytda yangragan. “Ular qandaydir rezidentsiya hujumga uçradi deb bayonot qilib, şunçaki (Ukraina — tahr.) poytaxtiga va davlat binolariga zarba beriş uçun zamin tayyorlayapti”, — dedi Zelenskiy. U Moskva tinçlik muzokaralaridagi ilgarilaşga xalal bermoqçi ekanini takidladi.
RF bayonotlari tölqinidan bir neça kun ötgaç, Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida New York Post gazetasining “Putinning ‘hujum’ atrofidagi şov-şuvi tinçlikka aynan RF tösqinlik qilayotganini körsatadi” sarlavhali maqolasini joylaştirdi.