USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Erondagi namoyişlarda 35 kişi halok böldi

196 марта

Erondagi namoyişlarda 35 kişi halok böldi

Eronda töqqiz kundan beri davom etayotgan köça namoyişlarida kamida 35 kişi halok böldi, 1200 dan ortiq odam hibsga olindi. Bu haqda keça, 5 yanvar kuni “Human Rights Activists in Iran” xabar berdi.

Taşkilot malumotlariga köra, 28 dekabr kuni boşlangan norozilik namoyişlari mamlakatdagi 31 viloyatning 27 tasida, kamida 88 şaharda bölib ötgan. Huquq himoyaçilarining yozişiça, bazan Eron xavfsizlik kuçlari namoyişçilarga qarşi kuç işlatgan.
 
Bunday harakatlar yirik şaharlarda, jumladan Maşhad va Eron poytaxti Tehronda noroziliklarning yangi tölqinini keltirib çiqargan. Namoyişlarga mamlakat böylab kamida 17 ta oliy öquv yurtining talabalari qöşilgan. OAVga köra, bunga javoban kuç tuzilmalari universitet binolari hududlarida reydlar ötkaza boşlagan. Umuman olganda, mamlakatda boşlangan uşbu noroziliklar 2022 yildan beri Erondagi eng yirik ommaviy namoyişlar böldi. Öşanda noroziliklarga 22 yoşli Mahsa Aminiyning “axloq politsiyasi” tomonidan qölga olinganidan keyin vafot etgani sabab bölgan edi.


Eron rasmiylari namoyişçilarga nisbatan heç qanday murosa bölmasligini bildirgan.
Huquq himoyaçilari malumotiga köra, Erondagi ommaviy noroziliklar çoğida halok bölgan 35 kişining 29 nafari namoyişçilar, tört nafari bolalar, yana ikki nafari esa xavfsizlik kuçlari xodimlari hisoblanadi.
OAV malumotlariga köra, Kuxdeşt şahrida odamlarni tarqatiş uçun xavfsizlik kuçlari qurol işlatişga uringan. Bunga javoban namoyişçilar ularga qarata toş otgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: