USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tolibon” özbek tiliga taqiq qöymaslikka vada berdi

180 марта

“Tolibon” özbek tiliga taqiq qöymaslikka vada berdi

 “Tolibon” muvaqqat hukumati özbeklar eng köp yaşovçi mamlakatning şimolida joylaşgan Samangan universiteti peştoqidan özbek tilidagi yozuvlarni olib taşlagani, bu esa haqli ravişda jamoatçilik noroziligiga sabab bölgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 6 yanvar kuni “Tolibon” mamlakatning şimoliy hududlari, jumladan Samangan universitetida özbek tiliga nisbatan heç qanday çeklov joriy etmaslikka vada berdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov malum qildi.


Unga köra, özbek tili bilan yuzaga kelayotgan muammolar böyiça Taşqi işlar vazirligining masul vakillari tezkor ravişda Afğoniston Taşqi işlar vazirligi bilan vaziyatga oydinlik kiritgan. Afğonistonlik rasmiylar uşbu xabarlar “haqiqatga töğri kelmasligini, mamlakat hududida özbek tilining işlatilişiga nisbatan heç qanday çeklov yöqligini” qatiy takidlab, Afğoniston hukumati va xalqi özbek xalqi hamda tiliga çuqur hurmat bilan munosabatda ekanini alohida qayd etgan.


“Afğoniston Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili malum qilişiça, hozirgi vaqtda mamlakat böylab oliy talim muassasalari va umumtalim maktablari peştoqlaridagi yozuvlarni yagona standart asosida tartibga soliş işlari olib borilmoqda. Mazkur amaliyotga köra, talim muassasalari peştoqlaridagi yozuvlar butun mamlakat böylab uç tilda – puştu, dariy va ingliz tillarida aks ettiriladi. Şu bilan birga, mamlakatning şimoliy hududlari, jumladan Samangan universiteti uçun istisno tariqasida yozuvlar puştu, dariy va özbek tillarida berilişi belgilangan”, deydi Burxonov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: