Putinni qölga olişga hojat yöq – Tramp
10-01-2026, 19:13
826 марта

Putinni qölga olişga hojat yöq – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp “Fox News” muxbiri Piter Dusining “Putinni qölga oliş böyiça topşiriq berasizmi?” degan savoliga “bunga hojat yöq”, deb javob qaytardi. Bu haqda u AQŞ neft kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv vaqtida aytib ötgan.
Muxbir sözining avvalida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiyaga bosim ötkaziş va Çeçeniston rahbarini qölga oliş kerakligi haqida aytgan sözlarini eslagan.
“Agar diktatorlar bilan şunday munosabatda böliş mumkin bölsa, unda AQŞ keyingi qadam nima bölişini biladi”, degan Zelenskiy, biroq u aynan kimga murojaat qilganini aytmagan.
Piter Dusi Donald Trampga xuddi Delta kuçlari Venesuela rahbari Nikolas Maduroni hibsga olgani kabi “Putinni qölga oliş” böyiça savol bergan.
“Xuddi u (Zelenskiy) sizni borib Vladimir Putinni qölga olişga majbur qilmoqçi bölgandek eşitildi. Siz qaçondir Vladimir Putinni qölga oliş böyiça topşiriq berasizmi?” deya söragan u.
Oq uy yetakçisi Donald Tramp esa uşbu savolga doimgidek ikki tomonlama javob qaytargan.
“Yaxşi, menimça, bunga hojat yöq. Men har doim u bilan yaxşi munosabatda bölganman. Lekin hozirgi vaziyatdan juda hafsalam pir bölmoqda”, degan u.
U Ukraina va Rossiya örtasida tinçlik kelişuvi tuzilmay qolganidan noroziligini bildirib, bu masala saylovoldi dasturida ustuvor vazifa bölganini takidlagan.
“Men sakkizta uruşni yakunlaganman. Men bu iş örtaça yoki eng oson işlar qatorida böladi deb öylagan edim. Bilasizmi, Piter, sönggi oy içida ular 31 ming odamni yöqotdi, ularning köpi rus askarlari va Rossiya iqtisodiyoti yomonlaşmoqda. Menimça, biz buning ustidan kelişuvga erişamiz. Men xohlardimki, buning tezroq yakunlanişini, çunki bu uruşda köp odamlar nobud bölmoqda”, degan Tramp.