USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Moskvadan Rossiya imperiyasining 225 mlrd dollar qarzini qaytarişni talab qildi

613 марта

AQŞ Moskvadan Rossiya imperiyasining 225 mlrd dollar qarzini qaytarişni talab qildi

AQŞning Noble Capital RSD investitsiya fondi Moskvadan Rossiya imperiyasining qarz majburiyatlari böyiça 225 milliard dollar tölaşni talab qildi. Şu bilan boğliq davo Rossiya Federatsiyasiga, Rossiya Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Milliy farovonlik jamğarmasiga nisbatan Kolumbiya okrugi federal sudiga topşirilgan. Bu haqda RBK xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasi hokimiyat merosxörlik doktrinasini buzib, özining oldingi davr vakili – Rossiya imperiyasining oldindan olgan davlat qarz majburiyatlarini bajarişdan boş tortdi va hozir ham boş tortişda davom etmoqda”, deyiladi davo arizasida.

Noble Capital RSD özini 1916 yilda çiqarilgan va Nyu Yorkdagi National City Bank (hozirgi Citibank) orqali tarqatilgan 25 million dollarlik 5,5 foizli Rossiya imperiyasi obligatsiyalarining qonuniy egasi deb hisoblaydi. Davogarning fikriça, Rossiya Sovet Ittifoqi merosxöri sifatida uşbu qarzlarni meros qilib olgan va foizlar bilan birga ular kamida 225,8 milliard dollarni taşkil etadi. Uşbu summa Rossiya yillik byudjetining 43 foiziga teng (40,2 trillion rubl) va “Sberbank“, “Gazprom” va “Rosneft” kompaniyalarining bozor qiymatidan oşadi. Fond qarzni 2022 yilda muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan tölaşni taklif qilmoqda. Şu bilan birga, AQŞda Rossiya Markaziy bankining taxminan 5 milliard dollari bloklangan, qolgan mablağlar esa Yevropa mamlakatlarida saqlanmoqda.

Javobgarlarning manfaatlarini Marks & So yuridik firmasi himoya qiladi. Rossiya Moliya vazirligi AQŞdagi davo masalasi “Boş prokuratura vakolatida” ekanini bildirgan. Davlat Dumasining fuqarolik jamiyati rivoji qömitasi raisining örinbosari Sergey Obuxovning aytişiça, imperiya qarzlari “muddati ötganligi sababli, şuningdek, Rossiya imperiyaning merosxöri emasligi sababli tan olinmasligi lozim”.

Yuristlarga köra, ilgari qarzni tan oliş ham sud qarorini ijro etişga imkon bermagan, lekin sanktsiyalar siyosati taminot çoralarini qöllaş va aktivlarni boşqariş imkoniyatini yaratgan. Şu bilan birga, davoda aytilişiça, bu xususiylaştiriş yoki musodara haqida emas, balki qarzni hisobga oliş orqali majburiyatni bajariş şakli haqida.

Huquqşunoslarning ogohlantirişiça, Rossiya aktivlari atrofidagi qöşimça yuridik xavf va noaniqlik AQŞ va Rossiya örtasida Ukrainaga oid muzokara pozitsiyalariga tasir qilişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: