USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI 2027 yil oxirigaça Rossiyadan gaz olişni töxtatmoqçi

97 марта

YeI 2027 yil oxirigaça Rossiyadan gaz olişni töxtatmoqçi

Yevropa Ittifoqi (EI) 2027 yil 1 noyabrgaça Rossiyadan gaz olişni butunlay taqiqlaydi.  Vengriya va Slovakiya qarşiligiga qaramay, bugun, 26 yanvar kuni YeI Kengaşi Energetika vazirlari darajasida Bryusselda uşbu qarorni tasdiqladi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Moskva bilan yaqin aloqalarni saqlab qolgan Budapeşt va Bratislava gaz taqiqiga qarşi ovoz bergan. Vengriya hukumati qaror ustidan Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi Adliya sudiga (ECJ) şikoyat qilişini elon qilgan.

Qarorga köra, suyultirilgan gaz (LNG) importi 2026 yil oxiriga qadar, quvur orqali yetkazib beriş esa 2027 yil 30 sentyabrgaça töxtatilişi kerak. Biroq agar YeI mamlakatlari gaz omborlarini töldirişda qiyinçiliklarga duç kelsa, bu muddat 2027 yil 1 noyabrgaça uzaytirilişi mumkin. 

Bundan taşqari qabul qilingan nizomga köra, Rossiya bilan yangi gaz şartnomalarini tuzişni taqiqlaş közda tutilgan. Bu yangi qonun kuçga kirganidan olti hafta ötgaç kuçga kiradi. 

2024 yilda YeIga yetkazib beriladigan barça gazning taxminan 19 foizi Rossiyadan kelgan. Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va Rossiya gazini sotib olişning sezilarli darajada kamayişi tufayli Rossiya neftiga deyarli töliq embargo qöllanilganiga qaramay, YeI 2024 yilda Rossiya byudjetiga oyiga taxminan 1,5 milliard yevro tölagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: