USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şimoliy Koreya Rossiyaga qurol sotişni keskin qisqartirdi

278 марта

Şimoliy Koreya Rossiyaga qurol sotişni keskin qisqartirdi 

Şimoliy Koreyadan Rossiyaga qurol-yaroğ yetkazib beriş yanvar oyida keskin sekinlaşdi. Bir oy davomida KXDR şimoli-şarqida joylaşgan Rason portiga atigi bitta Rossiya kemasi kirdi. Bu haqda Planet Labs suniy yöldoş tasvirlariga tayanib, NK News xabar berdi.

Mazkur kema 14 yanvar kuni Ukrainadagi uruş uçun qurol ortilişi taxmin qilingan bandargohga kelib töxtagan. Tahlillarga köra, u Rossiyaning sanktsiya ostidagi Angara yoki Lady R kemalaridan biri bölişi mumkin.

Bu 21 dekabrdan beri Rossiya kemasining Rason portiga ilk taşrifi hisoblanadi. Kema kelişidan qariyb ikki hafta oldin, yani 27–31 dekabr kunlari konteynerlar qirğoqda töplana boşlagan. 19 yanvardan keyin bandargohda yangi konteynerlar qayd etilmagan.
Oktyabrdan dekabrgaça Rossiya kemalari Rason portiga oyiga kamida uç marta kelib turgandi. Yanvar oyida esa bu faollik keskin kamaygan. Xuddi şunday holat 2025 yil yanvarida ham kuzatilgan.

“Bunga ob-havo şaroiti sabab bölgan bölişi mumkin”, deb yozadi NK News.

Odatda Rason portidan ortilgan yuklar Rossiyaning Uzoq Şarqidagi “Vostoçniy” portiga yetkaziladi. Yanvar oyining boşida port qisman muzdan xoli bölgan, biroq 24 yanvarga kelib deyarli töliq muzlab qolgan. Bu kiçik kemalar harakati uçun xavf tuğdirgan bölişi mumkin.

Şu bilan birga, suniy yöldoş tasvirlari yirik kemalar orasida ham faollik past bölganini körsatmoqda. Sönggi 20 yildagi eng kuçli sovuqlar va qor yoğişi Vladivostok va Naxodkaga ham tasir qilgan, biroq Rason portida muzlaş holati kuzatilmagan.

Yetkazib berişlar sekinlaşişiga siyosiy omillar ham tasir qilgan bölişi mumkin. NK News malumotiga köra, Pxenyan fevral oyining birinçi yarmida bölib ötadigan Koreya Mehnat partiyasining töqqizinçi qurultoyiga tayyorgarlik fonida Rasondagi operatsiyalarni vaqtinça töxtatgan bölişi ehtimol bor.

Qurultoyda mamlakatning harbiy va taşqi siyosatidagi yangi yönalişlar muhokama qilinişi kutilmoqda. Şuningdek, vaziyatga AQŞ, Rossiya va Ukraina örtasida davom etayotgan muzokaralar ham tasir körsatgan bölişi mumkin.

“2023 yildan beri KXDR Rossiyaga 6,5 milliondan 8 milliongaça artilleriya öq-dorilarini yetkazib berdi, bu Rossiya armiyasi ehtiyojlarining yarmini qoplaşi mumkin edi”, deb yozadi NK News.

Yetkazib berilgan qurollar orasida 250 ga yaqin KN-23 ballistik raketalari, uzoq masofali Koksan qurollari, 240 va 107 mm reaktiv öt oçiş tizimlari, 60 va 140 mm minomyotlar, kassetali öq-dorilar, şuningdek T-54/55 tanklari uçun 100 mm snaryadlar bor.

Ukraina tomoni KN-23 raketasi yoki Rossiyaning “Iskander-M” majmuasi qöllangan sönggi tasdiqlangan zarbani 13 dekabr kuni qayd etgan. Şundan buyon Şimoliy Koreya ballistik raketalaridan foydalanilgani haqida yangi malumotlar yöq.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: